Ukrainadagi davom etayotgan uruş Rossiya bilan bir qatorda Yevropa qişloq xöjaligiga ham sezilarli ta’sir körsatdi, Masalan Polşada ba’zilar Ukraina donlariga nisbatan toqatsizlik qilyapti. Ukrainadagi uruş Yevropa iqtisodiyoti, xususan, qişloq xöjaligi sohasida qanday muammolarni keltirib çiqaryapti?

Sönggi vaqtlarda Yevropaning bir neçta mamlakatlarida fermerlar yirik norozilik namoyişlarini ötkazmoqda. Ular qişloq xöjaligi uçun subsidiyalarning bekor qilinişiga qarşi çiqyapti. Subsidiyani kamaytiriş yoki bekor qiliş masalasi kun tartibiga çiqişiga sabab – Ukrainadagi uruş sabab mudofaa xarajatlarini oşirgan hukumatlar boşqa xarajatlarni qisqartirişga majbur bölyapti.

Boşqa tomondan esa, Yevroittifoqda Ukrainani qöllaş uçun bu mamlakatning qişloq xöjaligi mahsulotlari importiga keng yöl oçib berilgan. Bu esa, tabiiyki, yevropalik fermerlarga yoqmayapti.

Kun.uz bu mavzudagi savollar bilan iqtisodçi Zokir Usmonovga murojaat qildi.

— Ukrainadagi uruş Yevropa fermerlariga qanday ta’sir körsatdi?

— Mamlakatlar iqtisodiyotida bir neçta asosiy tarmoqlar böladi, sanoat, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi kabilar. Rivojlangan davlatlar, xususan, Yevropaning köpgina davlatlarida qişloq xöjaligining yalpi içki mahsulotdagi uluşi u darajada katta emas, 5-10 foizni taşkil qiladi. Lekin bu oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bölgani uçun strategik ahamiyatga ega, nozik masala.

YeI 2021-2027 yillarda qişloq xöjaligiga subsidiya qiliş uçun 380 mlrd dollar ajratişni rejalaştirgan, juda katta mablağ bu. Çunki aytganimizdek, oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq masala bölgani uçun köp davlatlar subsidiyalar ajratadi, qişloq xöjaligi korxonalarining ma’lum xarajatlarini qoplab berib turadi.

YeI uruş boşlangaç, Ukrainaga yordam sifatida u yerdan import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga çeklov-talablarni olib taşladi, ya’ni imtiyoz berdi. Polşalik iqtisodçilarga köra, 2 yil içida YeI Ukrainaga 6 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilgan bölsa, Ukraina YeIga 19 mlrd dollarlik eksport amalga oşirgan. Ukraina mahsulotlariga çeklov olingaç, narx masalasida raqobatbardoşligi ortib, boşqalar mahsulotini sotolmay qolyapti. Aslida bu juda katta muammo emas, Rossiya tomoni börttirib körsatyapti vaziyatni.

Polşada tovuq göştining 47 foizi Ukrainadan kirib kelyapti, çunki arzon. Buning ortidan mahalliy fermerlar yöqotişlarga duç kelyapti. Lekin aytganimdek, juda katta muammo emas bu.

— Yevropa davlatlarining qişloq xöjaligiga zarar yetyaptimi?

— YeI davlatlari zarar körayotgani yöq, çunki ularga arzon mahsulotlar kirib kelyapti, faqat öşa qişloq xöjaligi sohasidagilar zarar körişi mumkin. Lekin bu muammo ustida ham işlar ketyapti.

Asosiy zarar köruvçi – Rossiya. Yevropaga Rossiya mahsulotlari eksporti yana oşgan, uruş boşlanganda töxtatilgan edi keng kölamda. Rubl kursi oşgaç, Rossiya mahsulotlari raqobatbardoşligi oşdi. Asosiy xaridorlar – Italiya, Belgiya, Gretsiya kabi davlatlar, boşqa bir kanallar orqali bölyapti. Sanksiyalar sabab tölov masalasida muammo bölib, sotilgan mahsulotlar tölovi özlarida qolib ketyapti, töğridan töğri tölaş imkoni yöq, Rossiya demping qilib, arzon narxlarda sotyapti.

Qişloq xöjaligining Yevropa davlatlari YaIMda 5-10 foizni taşkil etişi sababli fermerlarning e’tirozi katta muammoga aylanmaydi, Ukraina mahsulotlari uçun imtiyozlar saqlanib qoladi.

— Polşaning e’tirozi aynan nimada? Çunki köproq Polşada noroziliklar bölyapti.

— Polşa iqtisodiyotida qişloq xöjaligining uluşi ittifoqning boşqa davlatlariga qaraganda yuqoriroq. Bundan taşqari, Rossiya ta’siri ostidagi provokatsiyalar ham bor deyilyapti bu yerda. Polşada şunday provokatsiyaçilarni jazolaş masalasi ham körilyapti.

Polşa Ukrainani qöllaş pozitsiyasida turibdi. Bundan zarar körayotganlarga kompensatsiya bölişi ham közda tutilgan, şu narsa aholiga töğri yetkazilmagan.

— Norozi qatlamni tinçlantiriş yoki ularning haq-huquqi uçun qanday çoralar bölyapti?

— Bu böyiça Yevropa Ittifoqida loyiha körib çiqilyapti. Noroziliklarning oldini oliş, kompensatsiya berilişini tuşuntiriş, qaysi fondlardan qoplaş masalalari körilyapti. YeIda qança katta yerga ega fermer bölsa, şunça köp subsidiya oladi, şu ma’noda Ukrainaga imtiyozlardan köproq kiçik xöjaliklar zarar köryapti. Yordam asosan ana şu kiçik xöjaliklarga qaratiladi. Umuman, çora-tadbirlar köriş tizimli ravişda körib çiqilyapti.

Ukrainadan importga ketgan 19 mlrd yevro YeI uçun katta mablağ emas, buni zarar körganlarga qoplab beroladi. Yevropa Ittifoqi uçun hozir Ukrainani qöllaş – asosiy masala.

  • Suhbatni töliq şaklda video orqali tomoşa qiling.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.