Endi haydovçilarga maxsus markazlarda davlat raqam belgisi va qayd etiş guvohnomasini beriş bilan birga transport vositasidan ekologiyaga çiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekşirilişi, uning natijasidan kelib çiqib, maxsus ekologiya stikerini beriş ham yölga qöyiladi.
Röyxatga oliş - diagnostika markazi deb nomlanadigan bunday obektlarda haydovçilarga xizmat körsatiş jarayoni avtomatlaştirilgan tarzda, tezkor amalga oşiriladi.
Dastlab, davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun kelgan transport vositalari kiriş qismidagi yölaklar böylab, tartibli harakatlanadi.
Statsionar kameralar har bir avtomobilning davlat raqamini qayd etadi va yagona axborot tizimi bilan taqqoslaydi.

Qarzdorligi bölgan yoki taqiq mavjud bölgan transport vositalari alohida yölak orqali ma’muriy binoga yönaltiriladi. Boşqa transport vositalari elektron navbatga biriktiriladi va keyingi blokka yönaltiriladi.
Davlat yöl harakati xavfsizligi xodimi transport vositasining agregat va kuzov raqamlarining hujjatlarga mosligini tekşiradi va elektron röyxatga oladi.
Diagnostika markazi xodimi transport vositasidan atrof-muhitga çiqayotgan zararli moddalar miqdorini tekşiradi. Haydovçiga tölovni amalga oşiriş haqida SMS xabar yuboriladi.
Transport vositasi keyigi bosqiçga ötiş uçun kutiş maydoniga yönaltiriladi. Navbati yetib kelgaç, tayyor hujjatlarni oliş uçun maxsus yölakka yönaltiriladi.

Söngra, ekologik ekspertiza natijasidan kelib çiqib, haydovçiga qizil, sariq yoki yaşil stiker beriladi. U avtomobilning old oynasiga yopiştiriladi. Qayd qilinişiça, barça jarayon taxminan 15 daqiqa vaqt oladi.
Kelgusida joriy ekologik vaziyatdan kelib çiqib, şaharlar hududi bir neçta ekologik zonalarga ajratiladi. Bunda transport vositalarining havoga çiqarayotgan zararli moddalari darajasiga köra (stiker rangiga qarab) ayrim ekologik zonalarga kirişi çeklanadi. Ya’ni yaşil hududlarga faqat yaşil stikerli maşinalar kiradi va h.k.
Agar haydovçilar uşbu tartibga amal qilmasa, avtomatlaştirilgan kameralar orqali qoidabuzarlarga jarima yoziladi. Tuşgan mablağlar hududning ekologik holatini yaxşilaşga sarflanadi.
Ta’kidlanişiça, kelajakda respublika böylab 84 ta röyxatga oliş-diagnostika markazi hamda 216 ta hududiy tuman bölinmalarini ekologik diagnostika uskunalari bilan jihozlaş rejalaştirilmoqda.
Öz navbatida aholi uçun elektromobillarni xarid qilişni rağbatlantiriş, bunday toifadagi avtomobillar uçun davlat raqamlarini berişda undiriladigan tölov miqdorlarini kamaytiriş yuzasidan çoralar köriladi.











