Fransiya Çexiya boşçiligidagi taşabbus doirasida Ukraina uçun Yevropa Ittifoqidan taşqarida öq-dorilar sotib olişga hissa qöşadi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5 mart, seşanba kuni Pragada Çexiya prezidenti Petr Pavel bilan qöşma matbuot anjumanida aytib ötdi. «Biz bu taşabbusni qöllab-quvvatlaymiz va öz hissamizni qöşamiz», — deya Fransiya davlat rahbarining sözlarini keltiradi Reuters.
Çexiya uçinçi mamlakatlarda Ukraina uçun 800 ming artilleriya snaryadlarini sotib oliş imkoniyatini topgani haqida Petr Pavel fevral oyi örtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qilgan edi.
Bugungi kunga qadar Kanada, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo Niderlandiya, Daniya, Litva va Belgiya uşbu taşabbus doirasida Ukraina qurolli kuçlari uçun öq-dorilar xarid qilişga pul ajratişga kelişib oldi. Belgiya boş vaziri Aleksander De Kroo 28 fevral kuni, xususan, uning mamlakati uşbu maqsadlar uçun 200 million yevro ajratişini aytdi.
Çexiyaning Ukraina uçun öq-dorilar sotib oliş taşabbusi
MSC’da Ukraina böyiça muhokama çoğida Petr Pavel Kiyevga öq-dorilar yetkazib beriş, agar moliyalaştiriş Ğarbdagi ittifoqçilar tomonidan ta’minlansa, bir neça hafta içida amalga oşirilişi mumkinligini ta’kidladi. Çexiya davlati rahbarining aniqlik kiritişiça, gap 155 mm kalibrli 500 000 ta artilleriya snaryadlari va 122 mm kalibrli 300 000 ta snaryad haqida ketmoqda.
Pavel xaridlar qaysi mamlakatlarda amalga oşirilişi mumkinligini aniqlaştirmadi. Ayni paytda, fevral oyi boşida Politico internet naşri Çexiya Janubiy Koreya, Turkiya va JARda öq-dorilar böyiça muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.













