Bullezli epidermoliz bilan kasallangan eronlik bemorlar Tehron xalqaro munosabatlar sudiga AQŞ ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilişdi. Çunki Amerika sanksiyalari tufayli ular kerakli dori-darmonlar va bintlarni sotib ololmayapti. 6 mart kuni Eron sudi Advantage Sweet tankeri olib ketayotgan AQŞ neftini musodara qiliş töğrisida qaror çiqardi. Kemaning özi hibsga olindi, deb xabar berdi Tasnim agentligi. 

Bullezli epidermoliz - bu genetik kasallik bölib, bemorlar terisi taşqi ta’sirlarga juda sezgir bölib qoladi: hatto kiçik zarbalar, kökarişlar va işqalaniş jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Bu xususiyatlar tufayli bemorlar «kapalak odamlar» deb ataladi. 

Tanker 2023 yil 28 aprelida Ömon körfazida qölga olindi. Marşall orollari bayroği ostidagi kema Kuvayt neftini Qöşma Ştatlarga olib ketayotgan edi. AQŞ rasmiylari Eronning harakatlarini xalqaro huquqqa zid deb hisoblab, kemani ozod qilişni talab etdi. Eron esa tanker Fors körfazida boşqa kema bilan töqnaşib ketganini, şu tufayli hibsga olinganini da’vo qilayotgan edi.