Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Aşxobod şahrida Ğamxörlikka muhtoj bolalarga yordam körsatiş xayriya jamğarmasi vitse-prezidenti Öğuljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamğarmasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uçraşdi.

“Muloqotlarimiz yaxşi anʼanaga aylanib qoldi. Har safar fikr almaşganimizda umumiy ğoyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda.

Özbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni köp asrlik döstlik, özaro işonç va muştarak qadriyatlar boğlab turadi. Uçraşuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxşilikka xizmat qilişini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştirişini istardim”, – deya maʼlum qildi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.