Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontda jang qilgan muddatli harbiy xizmatçilarni zaxiraga ötkaziş töğrisidagi farmonni imzoladi. 

Hujjatga köra, Rossiyaning keng kölamli bosqini munosabati bilan Ukrainadagi harbiy holat tufayli xizmat muddati uzaytirilgan harbiylar 2024 yil aprel-may oylarida zaxiraga ötkaziladi. 

Majburiy harbiy xizmat şartlarini özgartiriş töğrisidagi qonun loyihasini 22 fevral kuni Zelenskiyning özi Oliy Radaga kiritgan edi. Hujjat Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin harbiy xizmatdan ozod etilmagan ukrainalik çaqiriluvçilarni demobilizatsiya qiliş bilan boğliq. Deputatlar qonun loyihasini ertasigayoq ma’qulladilar. 

Fevral oyi boşida Oliy Rada safarbarlik töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Unda çaqiruv yoşi 27 yoşdan 25 yoşga tuşirilişi, 36 oylik xizmatdan keyin demobilizatsiya mumkin bölişi aytilgan edi. Bundan taşqari, hujjatda Ukrainada elektron çaqiruv qoğozlari berilişi ham közda tutilgan. Şuningdek, muddatli harbiy xizmat bekor qilinadi, uning örniga umumqöşin boşlanğiç tayyorgarligi joriy etiladi.