Soğliq saqlaş vazirligi axborot xizmati xabariga köra, “Özbekiston–2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturining 18-maqsadi — Yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oşiriş doirasida profilaktik körik va skrining tekşiruvlari natijasida aniqlangan kasalliklar böyiça soğlomlaştiriş çoralarini köriş, yuqumli bölmagan kasalliklarni erta aniqlaş darajasini 55 foizga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Şu maqsadda, 6,7 million nafar 40 va undan katta yoşdagi aholi orasida eng köp uçraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, öpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlaş maqsadida profilaktik köriklar ötkaziladi.

Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual soğlomlaştiriş çoralari köriladi.