“Özenergoinspeksiya” xabariga köra, 2024 yilning şu kuniga qadar 2 156 ta iste’molçi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan.
88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz (132 mlrd 701 mln söm) va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan (82 mlrd 948 mln söm) noqonuniy foydalanilişi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln söm zarar yetkazilganligi ma’lum böldi.
Ikki oyda kriptoaktiv va mayning faoliyati böyiça elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molçilarni aniqlaş yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida 42 ta holat aniqlandi. Uşbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 26 mlrd 82 mln söm (7 mln 999 ming kilovatt/soat) miqdori qayta hisob-kitob qilindi.











