Putin 87,3 foiz bilan ustun keldi. Uning raqobatçilari jami bölib — 13 foizdan kamroq ovoz töplagan
Davlat sotsiologik xizmatlari dastlabki ekzit-pollarni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da e’lon qilişdi — bu vaqtga kelib Rossiya hududidagi barça uçastkalar yopilgandi. Barça ekzit-pollar beşinçi muddat uçun nomzodini qöygan Vladimir Putinning işonçli ğalabasidan darak berayotgandi.
Markaziy saylov komissiyasi 18 mart kuni kunning birinçi yarmida protokollarning 99 foizi hisoblab çiqilganidan keyin prezident Vladimir Putin 87,31 foiz ovoz töplagani, saylovda davomat 77,44 foizni taşkil etganini xabar qildi.
2018 yilda ötkazilgan oldingi saylovlarda Vladimir Putin 76,69 foizlik natija bilan ğalaba qozongandi.
Uning raqiblari esa jami 13 foizdan kamroq ovoz olgan.
Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) nomzodi, 75 yoşli deputat Nikolay Xaritonovga ikkinçi örinni oldi (4,30 foiz), uçinçi örinni — Duma vitse-spikeri, «Yangi odamlar» partiyasi nomzodi Vyaçeslav Davankov (3,83 foiz), törtinçi örinni — ossiya liberal-demokratlar partiyasi (LDPR) raisi Leonid Slutskiyn (3,21 foiz) egalladi.
Vladimir Putin eng köp ovozni Çeçenistonda olgan — 98,99 foiz. Bu hududda davomat 97,06 foizni taşkil etgan.
Kemerovo oblastida amaldagi davlat rahbari 95,73 foiz, Tuvada — 95,37 foiz, Yahudiylar avtonom oblastida — 92,35 foiz, Saratov oblastida — 91,66 foiz, Belgorod oblastida — 90,66 foiz, Adigeyda — 90,18 foiz, Karaçayevo-Çerkesiyada — 90,07 foiz ovoz olgan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, Moskvada saylovçilarning 85,13 foizi, Moskva oblastida — 86,19 foizi Putinga ovoz berişgan.
Anneksiya qilingan Sevastopolda uning körsatkiçi 92,6 foizni taşkil etgan.
Eng yuqori davomat Çeçenistondan taşqari (90 foizda ortiq) Kemerovo oblasti, Tiva, Qabordin-Bolqoriya va Şimoliy Osetiyada kuzatilgan. Uzoq Şarqda ham saylovçilar uçastkalarga kelişi yuqori darajada bölgan.
MSKning saylov yakunlari böyiça yiğilişi payşanba kuni ötkaziladi.
Natijalar, OAVda saylovlar arafasida yozilganidek, Kreml intilgan körsatkiçlarga yaqin bölgan. Davomat Rossiyadagi prezidentlik saylovlari tarixidagi eng yuqorisi böldi.

2018 yilda saylovçilarning 67,54 foizi uçastkalarga kelgandi — bu safargi saylovlar esa yakşanba kuni uçastkalar yopilişiga hali bir neça soat borligida yangilandi. Lekin Şu bilan birga, olti yil muqaddam ovoz beriş jarayoni faqat bir kun davom etgandi.
Agar MSKga işonilsa, hatto Ukraina bilan çegaradoş bölgan va sönggi uç kun davomida tinimsiz öqqa tutilgan hududlarda ham odamlar faollik bilan ovoz berişgan. Masalan, rasmiylarga köra, Belgorod oblastida davomat yakşanba kuni tuşdayoq 83 foizni taşkil etgandi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida ham ovoz beriş jarayoni taşkil etildi — Ğarb mamlakatlari buni bir neça bor Ukraina suvereniteti buzilişi sifatida baholagan. Zaporijjya, Xerson, Donetsk va Luhansk oblastlarining Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan hududlari aholisi öz uylarida ovoz berişga majbur qilindi, qurollangan harbiylar hamrohligidagi komissiya a’zolari uyma-uy yurib ovoz yiğişdi.
Rossiya hukumati anneksiya qilingan hududlarning barçasida Putinning natijalari butun mamlakatning örtaça darajasidan yuqoriroq ekanini ma’lum qilgan: Zaporijjya, Donetsk va Luhansk oblastlarida — 90 foizdan ortiq, Xerson oblastida — 88 foizdan ortiq.
Moskva vaqti bilan tun yarmidan oğganda Putin öz saylovoldi ştabiga keldi va bir soatlik matbuot anjumanida iştirok etdi. U nafaqat saylovdagi ğalabasi, balki boşqa mavzularda ham gapirdi. Putin Ukrainadagi uruş, tizimsiz muxolifat haqida gapirdi va hatto ilk bor siyosatçi Aleksey Navalniyning nomini tilga olib, göyoki uni ölimidan oldin Ğarb bilan almaşiş ğoyasiga rozilik berganini bildirdi.
Davlat rahbari «Putinga qarşi çoşgoh» aksiyasi böyiça ham munosabat bildirdi. U muxolifatni rossiyaliklarni uçastkalarga çaqirgani uçun maqtagan (garçi unga qarşi ovoz berişga bölsa ham), ammo unga qarşi çiqişlar «heç qanday effektga ega bölmagani»ni qöşimça qilgan. Putin özining sparring-hamkorlariga ham töxtalgan — tizimli muxolifat vakillari bölgan bu nomzodlar jami bölib 13 foizdan kamroq ovoz töplaşdi.
«Menimça, bugungi şaroitda ularning elektoratining kattagina qismi, biz hozirda barçamiz turgan murakkab vaziyat tufayli, baribir amaldagi davlat rahbariga ovoz berişni afzal körmoqda», — degan prezident.
Saylovlar haqida gapirarkan, Putin masofaviy elektron ovoz berişni «şaffofligi» va «obektivligi» uçun maqtagan (elektron ovoz berişda qatnaşganlarning aksari, jumladan saylovlarda işda ötirgan holatida ovoz berişga majbur qilingan budjet xodimlari Putinga ovoz berişgan). Şuningdek, u byulletenlarini yaroqsiz holatga keltirgan saylovçilarni tanqid qilib, ular «öz fuqarolik burçini ado etişga kelgan» boşqa saylovçilarga «zarar yetkazgani» haqida aytgan. Putin Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida öziga ovoz berganlarni ham alohida tilga olib ötgan. U buni Rossiya «barçasini töğri qilayotgani» belgisi sifatida körsatgan.
Xorijlik jurnalistlar Putindan agar alyans Ukrainadagi uruşga tölaqonli ravişda qöşilsa, Rossiya va NATO örtasida töğridan töğri harbiy mojaro kelib çiqişi ehtimoli haqida söraşgan. «Bu [NATO bilan uruş] keng kölamli uçinçi jahon uruşi deboçasi böladi. Öylaymanki, heç kim bundan manfaatdor emas», — degan RF prezidenti.
Qoidabuzarliklar va qölga olişlar
Mustaqil kuzatuvçilar ovoz berişning uç kuni davomida butun mamlakat böylab uçastkalarda bölib ötgan qoidabuzarlik holatlari haqida xabar berişdi. Bu davlat xizmatçilarining ovoz berişga majburlanişini ham, saylov qutilarini soxta byulletenlar bilan töldirişni ham va hukumat 2024 yilgi saylovlarda ba’zi holatlarda yaşirin ovoz berişga qöymaganini ham öz içiga oladi.
«Golos» taşkiloti hamraisi Stanislav Andreyçukka köra, soxtalaştiriş kölamini baholaş yanada qiyinroq bölgan. «Çunki bu saylovlarda kuzatuvçilar deyarli yöq. Ular bor joylarda esa odatdagi texnologiyalar qöllanmoqda. Şunçaki, barçasi har qaçongidan yomonroq».
Andreyçuk «Golos» kabi taşkilotlar qatağonlar tufayli öz kuzatuvçilarini uçastkalarga yubora olmaganini bildirgan. Bunday huquq faqat nomzodlar va partiyalarda bölgan — ular esa bu yil bundan amalda butunlay boş tortişdi, deydi ekspert.
Rasmiylar saylovlar natijalariga ta’sir körsatişga, masalan, davomatni oşirişga harakat qilayotgani haqidagi şikoyatlar ovoz beriş boşlanişidan bir neça kun oldin kela boşlagandi. Butun mamlakat böylab budjet xodimlari va davlat kompaniyalari işçilari uçastkaga kelişga yoki elektron ovoz berişda qatnaşişga majburlangan.
Saylovlar kunida esa BBC bilan suhbatda budjet sohasida işlovçi kişilar ovoz berişning birinçi kunidayoq rahbarlar barçadan saylovdan qatnaşganligi töğrisida hisobot söragan.
Tataristondagi davlat muassasalaridan birining xodimi bu yil davomat ustidan nazorat «barça yillardagidan qattiq bölgani»ni bildirgan.
«Ovoz beriş boşlanişiga ikki kun qolganida men özim işlagan 30 yil davomida kuzatilmagan raznaryadka (biror işni bajariş uçun hujjat) e’lon qilindi. Mening bölimimda 32 kişi bor. Va odatda şunçaki yuqori lavozimdagi boşliqqa „mening“ xodimlarim kun yarmida ovoz berib bölganini aytişim kifoya qilardi. Bu safar esa bu iş ikki barobar qat’iylaşdi. Men har bir xodimdan ovoz bergan uçastkasi raqamini va ovoz bergan vaqti haqidagi ma’lumotlarni yiğişim talab etildi. Va bu barça ma’lumotlar tabliçkada qayd etildi. Men barça şanba kuni soat 16.00 ga qadar ovoz berib bölişini ta’minlaşim kerak edi. Uçastkalarning raqamlari yozilgan tabliçkani esa duşanba kuni soat 9 gaça topşirişim».
Volgaböyidagi universitetlardan birida dars beruvçi öqituvçi BBC bilan suhbatda aytişiça, payşanba kuni ularga kafedra boşliği qönğiroq qilgan va «muloyimlik, ammo qat’iyat bilan juma kuni kun oxirigaça ovoz berib bölişni söragan». «Uni uyaltirib qöymaslikni, çunki agar kimdir bormasa — bundan barça xabar topişi va keyin muammolar bölişini aytişdi».
Aftidan, bu rasmiylar davomatni oşiriş uçun foydalangan yagona metod emasdi. Saylovlarni kuzatiş böyiça mustaqil ekspert Roman Udot 17 mart kuni Markaziy saylov komissiyasining içki ma’lumotlar bazasiga kirişga muvaffaq bölganini aytgan. Şu tufayli u Rossiyaning bir qança regionlarida saylovning birinçi kunida komissiya turli saylov uçastkalarida mutlaqo bir xil raqamlarni e’lon qilganini aniqlagan. Masalan, bunday holatlar Doğistonda va Kemerovo oblastida röy bergan. Holbuki, haqiqiy holatda raqamlar turliça şaklda bölişi kerak edi.
Saylov qutilariga komissiya a’zolari tomonidan töldirilgan byulletenlar taşlanişi holatlari ham kuzatilgan. Buni hatto partiya kuzatuvçilari ham qayd etişgan: masalan, Krasnodar ölkasida kommunistik partiya komissiyasi a’zosi qutida buklangan byulletenlar töplamini topgan va politsiyaga murojaat qilgan. Partiyaning hududiy bölimi uşbu holat videosini e’lon qilgan.
Byulletenlar taşlangani aks etgan yana bir video «Golos» tomonidan tarqatilgan. Unda Krasnodardagi uçastkalardan birida ayol qutiga bir neça byulleten taşlayotgani aks etgan. Bunday holatni kamerada qayd etiş «katta muvaffaqiyat», degan Stanislav Andreyçuk videoyozuv izohida.
Ovoz berişning sönggi kunida şikoyatlarning köpçiligi rasmiylar amalda saylovçilarga yaşirin ovoz beriş imkoniyatini taqdim etmagani bilan boğliq edi. BBC suhbatdoşi aytişiça, komissiya a’zolari va politsiyaçilar ularning byulletenlarini közdan keçirişgan, ayrim uçastkalarda esa ovoz beriş kabinkalari parda bilan tösilmagan.
Uçastkalarda saylov qutilari oldida politsiya xodimlari turgan va odamlar byulletenga nima yozganini öqişgan. Ayrim rossiyaliklar byulletendagi yozuvlar politsiyaçilarga yoqmagani uçungina qölga olingan.
Masalan, «OVD-Info» xabariga köra, Moskvaning Strogino rayonida qandaydir yozuv bölgan byulletenni oliş uçun ovoz beriş qutisini oçişga harakat qilişgan. Komissiya rahbari esa bu talabni bajarişdan boş tortgan.
Kolomnada mahalliy aholi vakili Karina Gradusova byulleteniga qinğir-qiyşiq qilib çizib çiqqani uçun bir yarim yoşli çaqaloği bilan birga qölga olingan. Keyin ayolga çaqaloqni qarindoşlariga berib kelişga ruxsat berilgan, uning özi esa politsiya bölimiga qaytarilgan.
Moskva oblastidagi Puşkino şahridagi uçastkada politsiya saylovçi nomzodlarga munosabatini ifoda etgan byulletenni saylov qutisi oldida suratga olgan, deya yozadi «OVD-Info».
Peterburgda saylovçi ayolga byulletendagi «Net voyne» yozuvi tufayli armiyani obrösizlantiriş böyiça protokol tuzilgan. Moskvadagi uçastkada ham xuddi şunday holat böyiça yana bir ayolga protokol tuzilgan. Kostromada esa kommunistik partiyaning uşbu şahar bölimi kotibi Andrey Tarasovga xuddi şu modda böyiça protokol tuzilgan. U «Net voyne» yozuvi va Vladimir Putinga belgi qöyilgan byulleten fotosini tarmoqqa joylaştirgandi.
«Huquq-tartibot organlari tomonidan qonunsizlik. Ammo buni kutilmagan holat deb ayta olmayman — bu voqealarning mantiqiy rivoji edi. Rossiyada saylov kampaniyasi erkin emas: odamlar hatto qöşnilari bilan siyosatni muhokama qilmay qöyişdi, bu juda xavfli. Maxsus harbiy amaliyotni tanqid qiliş qonun bilan taqiqlangan, ya’ni bu saylovdagi asosiy nomzodlardan birining asosiy işini. Arzimas tanqid uçun ham ma’muriy yoki jinoiy iş oçilişi mumkin. Şunday ekan, ovoz beriş kunlarida politsiyaçilarning bu harakatlari mantiqqa töğri keladi», — deya izohlagan Stanislav Andreyçuk.
«OVD-Info» xabariga köra, Rossiyada prezidentlik saylovlari vaqtida 17 şaharda jami 75 kişi qölga olingan.












