Boşlovçi va aktyor Olim Hojişaripov 58 yoşda vafot etdi. Bu haqda telejurnalist va aktyor Husniddin Ergaşev feysbukdagi sahifasida xabar qilgan.

«Beşavqat ölim qadrdon akamizni oramizdan olib ketdi. Uzoq yillar davomida sermahsul işladik. Takrorlanmas rollaringiz va samimiyligingiz xotiramizda saqlanib qoladi», deyiladi nekrologda.

Aktyor va boşlovçi Anvar Salimov ham feysbuk sahifasida davomli postlar orqali marhum döstini xotirlagan.

Ma’lum bölişiça, Olim Hojişaripov bir neça yillardan beri saraton bilan kuraşib kelgan. 

Olim Hojişaripov 2000-yillarda telekanallar orqali  namoyiş etilib, tomoşabinlar mehrini qozongan «Gap yöq. Maslahat» körsatuvida boşlovçi edi. Undan taşqari, qator filmlarda rollar ijro etgan.