Germaniya Ukrainaga 500 million yevro miqdorida yangi harbiy yordam paketini tuzdi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 19 mart, seşanba kuni Kiyevga harbiy yordam körsatiş böyiça kontakt guruhining «Ramştayn» formatidagi navbatdagi yiğilişi çoğida ma’lum qildi.
Xususan, Berlin Ukraina harbiylariga Germaniya qurolli kuçlari (Bundesver) zaxirasidan keçiktirmasdan yetkazib berilişi mumkin bölgan 10 mingta öq-dorilarni topşiradi. Bundan taşqari, Germaniya Ukraina armiyasi uçun yana 180 ming snaryad sotib oliş uçun pul tölaydi, şuningdek, 100 mingta 155 mm snaryadlar işlab çiqariş böyiça şartnoma tuzdi, deya qöşimça qildi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari. Paket doirasida Bundesver Kiyevga 100 ta zirhli piyoda maşinasi, 100 ta logistika maşinasi va ehtiyot qismlarini yetkazib beradi.
Pistorius nemis harbiylarini Ukrainaga yuboriş ehtimoli masalasini e’tibordan çetda qoldirmadi. Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari ta’kidlaganidek, u avvalroq bunday qadam istisno qilinganini aytgan kansler Olaf Şolsning pozitsiyasiga heç narsa qöşimça qila olmaydi.
Pentagon: Kiyevga yordam beriş umumiy xavfsizlikka hissa qöşiş demakdir
AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin, öz navbatida, Ukrainaning mudofaa xarajatlari «umumiy xavfsizligimizga sarmoyadir» dedi. «Özimizni aldamaylik. Rossiya Ukraina bilan çeklanib qolmaydi», - deya qöşimça qildi Pentagon rahbari.
«Rossiya imperatorlik orzulari uçun dahşatli bahoni töladi», dedi Ostin. Ammo, agar «biz Ukrainani qöllab-quvvatlasak va uni himoya qiliş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ bilan ta’minlasak», Kiyev Rossiyani töxtatib qöyişga qodir, dedi AQŞ Mudofaa vazirligi rahbari. «Erkin dunyo Ukrainaning mağlubiyatga uçraşiga yöl qöymaydi», - deya xulosa qildi u.
Ukrainaga yordam hajmi
Ukrainaga harbiy yordam körsatiş böyiça kontakt guruhining yiğilişlari Germaniyaning Reynland-Pfals federal yeridagi Ramştayn AQŞ harbiy-havo kuçlari bazasida 2022 yilning aprelidan buyon bölib ötmoqda. Germaniyaning Kildagi Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) ma’lumotlariga köra, yanvar oyi örtalariga kelib AQŞ Ukrainaga harbiy, gumanitar va boşqa yordam uçun 67,7 milliard yevro, Germaniyaga 22,05 milliard, Britaniya 15,66 milliard yevro ajratgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bu körsatkiç 144,1 milliard yevroni taşkil etadi.












