Qarorga köra, futbol böyiça mahalla terma jamoalari örtasida ikki bosqiçli «Mahalla ligasi» ötkaziladi.
Şu bilan birga, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inşootlarini barpo etişda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi.
Har yili 1 yanvargaça mahallalarda ötkaziladigan futbol musobaqalari, çempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlanadi.
Mahalla terma jamoalarining 12–15 yoş toifalari örtasida ikki bosqiçli «Mahalla ligasi» va 16–30 yoş toifalari örtasida uç bosqiçli DXX kubogi musobaqalarini ötkaziş tizimi yölga qöyiladi.
2024/2025 öquv yiligaça «Mahalla ligasi» musobaqalarida öz iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolçi yoşlarni saralab oliş (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yönaltirib boriş tizimi yölga qöyiladi.
2024 yildan barça umumiy örta ta’lim muassasalarida 8–11-sinf öquvçilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakçisini tanlab oliş tizimi yölga qöyiladi.











