Bu garov puli Trampga moliyaviy firibgarlik işi doirasida belgilangandi. Heç kim Tramp uçun 464 million dollar garov puli beriş istagini bildirmadi. Nyu-York apellyatsiya sudi Tramp foydasiga qaror çiqarib, garov puli miqdorini 175 million dollargaça kamaytirdi va tölovni amalga oşiriş uçun qöşimça 10 kun vaqt berdi.

Tramp va öğillari sud tomonidan kredit, suğurtalar uçun yaxşiroq imkoniyatga ega böliş maqsadida öz köçmas mulklari narxini sun’iy oşirişda aybdor deb topilgandi. Oqibatda fevral oyida sobiq prezidentga qöşimça foizlari bilan 355 million dollar jarima belgilangandi. Uning öğillariga esa 4 million dollar va qöşimça foizlar körinişida jarima belgilangan.

Tramp uçun nomus masalasi

CNN'ning yozişiça, «sudlardan boşi çiqmay qolgan» Tramp uçun ayni mana şu iş özgaça hisoblanadi. Çunki Tramp aynan öz biznes imperiyasi sabab favqulodda muvaffaqiyatli inson sifatida nom qozongan. 2016 yildagi saylovlarda ğolib bölişiga esa bu imij katta hissa qöşgan.

Yana Oq uy rahbarligiga intilayotgan Tramp uçun garov pulini belgilangan muddatda tölay olmasligi uyatli holat bölardi. Ya’ni bu Trampning imijiga ta’sir qiladigan masala. Tramp qisqartirilgan miqdordagi garov pulini «bir amallab tölaşi»ni aytgan.

CNN maqolasida e’tibor qaratilişiça, Nyu-York sudi qaroridan keyin demokratlarning ham «yelkasidan toğ ağdarilgan». Çunki respublikaçi Trampning mulklari musodara qilinişi demokrat Bayden ma’muriyatiga nisbatan negativni kuçaytirgan bölardi.

Bu iş Tramp boyligini qanday işlab topgan özi degan savolni örtaga taşlayotgan bölsa-da, umuman olganda, respublikaçilar nomzodi foydasiga işlaşi mumkin. Çunki unga qarşi közğatilgan sud işlari va boşqa yuridik muammolar foyda berganini respublikaçilar praymerizlarida körindi.

Uşbu sud işi Trampning prezidentlikkaça tuzgan biznesiga qaratilgan bölsa-da, unga allaqaçon tadbirkor sifatida emas, amalda ön yillardan buyon respublikaçilar partiyasining amaldagi rahbari deb qaraşmoqda.

Bir söz bilan aytganda, Tramp hozir saylovçilar uçun demokrat prokurorlar va siyosiy elita hujumiga uçrayotgan mazlum. Saylovçilarda hukumat avval bir neçta ayblov işlarida Trampning erkinligini çekladi, endi esa uning biznesiga «yopişmoqda» degan tuşunça paydo bölgan. Ular Nyu-York boş prokurori, demokrat Letiş Jyeymsni odil huquqçi sifatida emas, partiyaga xizmat qiladigan mulozim sifatida qaray boşlaşgan.

Associated Press Tramp ustidan oçilgan bu iş özgaça ekaniga, bunaqasi juda kam uçraşiga e’tibor qaratgan. Çunki işda jabrlanuvçi va aniq zarar körgan tomon yöq. Saylovçilarning «tuslanuvçi tuzum konservatorlarga qarşi tiş qayramoqda» degan xulosalari respublikaçilar praymerizida yana bir marta özini oqlagani körindi. Şunday ekan, respublikaçilar nomzodini bunday öziga qarşi işlar doirasidagi reytingi kötarilişi qoniqtirmoqda.

Nyu-York sudi körayotgan iş doirasida Trampning maşhur köçmas mulklari musodara qilinişi varianti ham istisno qilinmagaç, tarmoqda şahar prokurori Jyeymsni töxtatiş uçun donor böliş sörovlari köpaydi. Trampning mulklarini musodara qilişga urinişlari respublikaçi saylovçilarda ğazab, boşqa saylovçilarda esa sobiq prezidentga nisbatan simpatiyani kuçaytiradi.

Ha, umummilliy saylovlar respublikaçilar praymerizidan farq qiladi. Sörovlar respublikaçi bölmaganlar Trampga qarşi ayblovlarga jiddiy qarayotganini körsatgan. Ammo CNN tahliliga köra, bu galgi saylovlar «bazaviy körinişda» ötişini ham istisno qilib bölmaydi, 2000-yillardan buyon bunaqasi köp uçragan. Bunday saylovlarda yaxşiroq kampaniya ötkazib, özining asosiy tarafdorlarini birlaştira olganlar yutadi.

Keti uzilmayotgan sudlar esa Tramp siyosiy bosimga uçramoqda degan qaraşni uyğotib, uning obrösi yanada oşişiga xizmat qilişda davom etişi mumkin.