Bepuli abgor, pullisi esa faqat qoğozlarda – sifatli yöllarga qaçon yetamiz?
|21:06 / 28.03.202425 21410 min
Har bahor kelarkan, hali ta’mirlanganiga yil tölmagan avtomobil yöllarini körib hayratda qolasan kişi. Gap eng asosiy yuklama tuşadigan trassalar haqida bölsa, asosiy umid pulli yöllardan. Lekin bu boradagi loyihalar boşlanganiga ham 7 yil bölib qoldi. Amaliy işlardan darak yöq.
Özbekistondagi xalqaro ahamiyatdagi abgor yöllar
Bugungi kunda Özbekistonda respublika ahamiyatiga ega 16 909 km, xalqaro ahamiyatdagi 3 626 km yöl bor. Masalaning barça uçun yoqimsiz tomoni şundaki, bu yöllarning ançagina qismi ta’mirtalab holatda. Şahar, viloyat yoki davlatlararo qatnaydigan haydovçilarning har kunlik keçmişlari yirik “yama”lardan boşlanib, uvalanib ketgan yöllargaça davom etadi.
Vaziyat “Almati – Bişkek – Toşkent – Termiz” yönalişidagi M-39 yöli haqida avvalroq Kun.uz tayyorlagan lavhada ham oçib berilgandi. Şuningdek, 820 kmlik “Toşkent – Keles –Qozoqkensoy – M39” avtomobil yöli ham durust holatda emas. Katta “yama”lar hosil bölib, har yoğingarçilikda suvga töladi. Tahririyatga ötgan haftada kelib tuşgan tasvirlarda buni yaqqol köriş mumkin.
Yoki Buxorodan Xivaga borgunça Gazli şahri biqinidagi yölning yomonligi ança vaqtlardan beri köplab sayyohlarning e’tirozlarga sabab böladi. Bu tarixiy şahar yaqinidagi yöl hali ham ta’mirlanmagan.
Qoraqalpoğistonning ğarbiy qismida, Ustyurtda joylaşgan A-380 “Ğuzor – Nukus – Qönğirot – Beynov” avtomobil yölining 300 kilometrdan oşiqroq qismi ham juda abgor ahvolda qolyapti. Tarmoqlarda bu yöldan ötayotganida maşinasi nosoz holga tuşgan haydovçilarning köplab videolari ham tarqalgan.
Sifatli yöllarning ahamiyati
Prognozlaştiriş va iqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga köra, 2017-2022 yillar oraliğida Özbekistonda avtomobillarning yuk taşiş hajmi 1,5 barobarga oşgan.
2017 yilda avtomobil transporti orqali 5,6 mlrd yölovçi taşilgan bölsa, 2022 yilga kelib bu körsatkiç 6,2 mlrdga yetgan. 2022 yilda yölovçi taşişda avtomobil transportining uluşi 97,5 foizni taşkil etgan.
Yuqoridagilardan körinib turibdiki, Özbekistonda yölovçi va yuklarning mutlaq katta qismi avtomobil transporti orqali taşilyapti.
Mavzuga oid
Faqat muzokaralar bilan ötgan 7 yil
Albatta, dengiz portlari bölmagan va monopol temiryöl xizmatlari sifati ham, narxi ham katta muammo bölib turgan mamlakat iqtisodiyoti uçun avtomobil yöllari juda muhim. Şunday vaziyatda pulli avtomobil yöllari odamlarda tanlov imkoniyatini yuzaga keltirişi bilan masalaga birmunça yeçim böla oladi. Köplab xorijiy mamlakatlar tajribasi ham yöllar sifatini, şunga hamohang xizmat körsatiş sohalari va infratuzilmani rivojlantirişda pulli yöllarning ahamiyatini tasdiqlaydi.
Özbekistonda ham mavjud yöllarga muqobil tarzda pulli yöllar qurilişi haqida bir neça yildan beri gapirib kelinadi, lekin amaliy işga ötiş çözilib ketyapti.
Birinçi yil: Pulli yöllar qurilişi rejalaştirilayotgani haqida dastlabki xabarlar 2017 yilda paydo bölgandi. Öşanda Toşkentdan Samarqand orqali Buxoroga olib boradigan birinçi pulli avtoyöl loyihasi işlab çiqilayotgani, u mavjud yölga parallel alohida yöl bölişi aytilgandi.
Ikkinçi yil: Keyin 2018 yil mart oyida Germaniyaning Günter Papenburg kompaniyasi boşqaruvi raisi Gyunter Papenburg Toşkentga kelib, Avtomobil yöllari qömitasining öşa vaqtdagi Abdurahmon Abduvaliyev bilan uçraşgandi.
Öşanda nemis kompaniyasi bilan birga davlat-xususiy şeriklik asosidagi avtomobil yöllari 2020 yilga kelib qurilişi mumkinligi ma’lum qilingan. Loyiha 2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni tezlaştiriş haqidagi qarorga ham kiritilgandi. Hujjatga asosan, yönalişi oçiqlanmagan loyihaning umumiy quvvati 500 mln dollar deb baholangan.
2018 yil bahorida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi davomida Cengiz – Kolin – Kalyon konsorsiumi bilan hamkorlikda DXŞ asosida avtomobil yöli qurilişiga oid investitsion kelişuv imzolangan, mamlakatdagi birinçi pulli yöl turk pudratçilari tomonidan qurilişi, bu yöl orqali Toşkent va Samarqand orasidagi masofani 2 soat içida bosib ötiş imkoni yaratilişi aytilgandi. Öşa yilning sentabrida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Laziz Qudratov uşbu turk kompaniyalari uçraşuv ötkazgandi.
Uçinçi yil: 2019 yil 29 aprelda qabul qilingan, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş haqidagi qaror bilan, yaqin yillarda “Toşkent – Andijon” va “Toşkent – Samarqand” yönalişlari böylab pulli avtomobil yöllari qurilişi belgilandi.
Oradan bir neça oy ötib, AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Transport vazirligi mutasaddilari “Toşkent – Andijon” pulli yöli böyiça Jahon banki tomonidan grant ajratilgani, bu masalada “Pricewaterhouse Coopers” xorijiy kompaniyasi loyihaviy örganiş işlarini amalga oşirayotganini aytgandi. Bu kompaniya tomonidan pulli yöl bilan birga Qamçiq dovonida 16,4 kilometrlik tunnel quriş ham reja qilingandi.
Bundan taşqari, matbuot anjumanida “Toşkent – Samarqand” yöli loyihasi Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki kömagida amalga oşirilayotgani, Rossiyaning “Spektrum” konsultantlar guruhi tomonidan loyiha hujjatlari işlab çiqiş böyiça muzokaralar olib borilayotgani ta’kidlangan.
2019 yil noyabr oyida Oliy Majlis Senati majlisida boş vazir örinbosari Elyor Ğaniyev “Toşkent – Samarqand” pulli yöli qurilişi çözilib ketganiga izoh berarkan, bu böyiça muzokaralar ketayotgani, pudratçilar yöldan undiriladigan tölov miqdorini juda katta belgilaşayotgani, şu sababli yana önga yaqin loyihalar örganib çiqilayotganini aytgandi.
2019 yilning söngida imzolangan “Yöl sohasini boşqariş tizimini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida Qamçiq va Taxtiqoraça dovonida ikkita yangi pulli tunnel qurilişi közda tutilgan. Unga köra, ikkala tunnel böyiça tender ğoliblari bilan 2022 yil bahor oylarida kelişuv imzolanişi kerak edi.
Törtinçi yil: 2020 yil yanvar oyida Davlat-xususiy şeriklik rivojlantiriş agentligi “Toşkent – Andijon” pulli avtomobil yölini quriş loyihasi tayyorlanayotganini bildirdi. Agentlikka köra, loyihani amalga oşiriş maqsadga muvofiq deb topilganda, tender ğolibi bilan 2022 yil aprelida bitim imzolanişi kutilgan.
Keyinçalik ham “Toşkent – Samarqand” va “Toşkent – Andijon” pulli yöllari haqida köp bor gapirildi, turli ma’lumotlar berildi. Biroq quriliş işlaridan hozirça darak yöq.
2024 yil. Özbekistonda pulli yöllar qurilişi böyiça navbatdagi muhokama 2024 yil 23 fevral kuni ötkazildi. Transport vaziri Ilhom Mahkamov Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi, Özbekiston – Saudiya Arabistoni Işbilarmonlar kengaşi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Unda davlat-xususiy şeriklik asosida “Toşkent – Samarqand”, “Toşkent – Andijon” pulli avtomobil yöllari hamda “Sirdaryo – Baxt” şaharlarini aylanib ötuvçi 38 km avtomobil yölini quriş loyihalari ham muhokama qilingan.
Mart oyiga kelib yagona qilingan körimli iş – “Pulli avtomobil yöllari töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilingani böldi. Şu tariqa, salkam 7 yillik xronologiyaning sönggi böğinidan hozirça qonun loyihasi joy egallab turibdi.
Jahon banki: Avtoyölqöm şu bahorda investorlarni aniqlay boşlaydi
Kun.uz pulli yöllar taşkil etiş uçun Özbekistonga ajratilgan grant mablağlarining miqdori va taqdirini biliş uçun Jahon bankiga sörov yubordi. Xalqaro moliyaviy taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasi taqdim qilgan javobga köra, Jahon banki “Toşkent – Andijon” avtomobil yöli qurilişining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaş va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim böyiça konsalting xizmatlarini moliyalaştirgan.
Qayd etilişiça, mablağ ajratilgan konsalting xizmatlari qatoriga xalqaro tender ötkaziş ham kiradi. Jahon bankiga köra, Özbekiston hozirda investitsiya oldi tadqiqotini taqdim etiş va tenderga tayyorgarlik köriş bosqiçida.
“2024 yil bahorida Özbekiston Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi xalqaro tender iştirokçilarini birlamçi malakalaş jarayonini boşlaşi kutilmoqda. Birlamçi malakalaş uşbu loyihani amalga oşiriş böyiça tenderda iştirok etiş uçun zarur malaka va qiziqişga ega investorlarni aniqlaş imkonini beradi”, deyiladi rasmiy axborotda.
Avtomobil yöllari qömitasining sobiq rahbari Abdurahmon Abduvaliyev 22 yil davomida Özbekistonning yöl xöjaligiga rahbarlik qilib kelgan, ammo investitsiyalarni jalb qiliş va ularni özlaştirişda sustkaşlikka yöl qöygani sabab 2023 yil 11 iyulda işdan olingan.
Yaqinda davlat rahbari 4 yil avval “Toşkent – Samarqand”, “Toşkent – Andijon” pulli yöllari va Taxtiqoraça dovonida pulli tunnel quriş topşiriqlari berilganini, lekin na loyiha, na investor jalb qiliş böyiça haligaça amaliy işlar boşlanmaganini tanqid qilgandi. Şuni hisobga olsak, yuqorida Jahon banki aytib ötgan işlar çözilişi ehtimoldan xoli emas.
Bir neça yuz kilometrdan iborat ikkita yirik yölni noldan quriş albatta uzoq vaqt talab qiladi. Quriliş işlari hozir boşlangan taqdirda ham, yöllar katta ehtimol bilan rejadagi 2026 yilning oxirida ham tayyor holatga kelmasligi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi