Toşkentda Davlat avtomobil yöllari qömitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev va Germaniyaning GP Papenburg AG kompaniyasi boşqaruvi raisi Gyunter Papenburg uçraşuvi bölib ötdi. Muzokaralarda kompaniyaning Özbekistonda davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyillari asosida avtomobil yöllarini qurişdagi iştiroki muhokama qilindi.

Özbekistonda pullik yöllarni quriş uçun birinçi navbatda qonunçilik asosini takomillaştiriş zarur. «Davlat-xususiy şerikçilik töğrisida»gi qonun 2018 yil örtalarida paydo bölişi kerak. Masala muvaffaqiyatli hal etilsa, mamlakatda 2020 yilga kelib birinçi pullik yöllar paydo böladi.

Birinçi loyiha Toşkentdan Samarqand orqali Buxoroga yangi yöl bölişi mumkin. Uning asosiy afzalliklari orasida – odatdagi yöllarda örnatilgandan köra yuqoriroq tezlikda harakatlaniş.

Yölni qurişda maxsus asfalt-beton aralaşmasidan foydalaniş kerak. Asfalt-beton zavodlarini quriş uçun qöşma korxona taşkil etiladi. Kelgusida qöşma korxona yöl qoplamasi va maxsus texnikalarni ta'mirlaş bilan şuğullanadi.

GP Papenburg AG kompaniyasi MDHdagi köplab mamlakatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Sönggi yillarda Ozarboyjon, Qozoğiston va boşqa davlatlarda sement-beton va asfaltbeton qoplamali avtomobil yöllari qurildi.