“Pulli avtomobil yöllari töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Qonun loyihasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilar keltirilgan:

  • pulli yöllarni tegişli tartibda ta’mirlaş va muntazam ta’mirlaş uçun tölovlarni yetarli miqdorda undiriş orqali budjetga yukni kamaytiriş;
  • yöl infratuzilmasini rivojlantiriş;
  • avtotransport vositalarining harakatini tezlaştiriş;
  • umumiy yöllardagi yukni kamaytiradigan va transport vositalarining siğimini oşiradigan muqobil avtomobil yönalişlarini yaratiş;
  • baxtsiz hodisalar va natijada xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan zamonaviy yöllarda ölim va jarohatlar sonini kamaytiriş;
  • yangi iş örinlarini yaratiş.

Şuningdek, avtomobil yöllar sifatini yaxşilaş va eng maqbul tezlik rejimidan foydalaniş avtotransport vositalarining yonilği sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlaniş vaqtini qisqartiradi.

Bundan taşqari, yöl qoplamasining yaxşilanişi avtotransport vositalari va şinalarning yuriş qismlar va pokrişkalar işlaş muddatini (taxminan önlab foizga) oşiradi va natijada tegişli komponentlarni almaştiriş xarajatlarini kamaytiradi.

Foydalanuvçilarning xarajatlari töliq qoplanadi, negaki yaxşilangan yöl şaroitlari ijobiy ta’siri yöl haqi miqdoridan bir neça baravar yuqori böladi.

Yöl sohasining rivojlanişi ham xususiy biznes sohasiga, ham davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir körsatadi.

Qonun loyihasining amaldagi tuzilişi quyidagiça:

1-bob. Umumiy qoidalar (1-11-moddalar)
Uşbu bobda qonun loyihasining maqsadi va qöllaniliş sohasi, asosiy tuşunçalar va tamoyillar, şuningdek pulli yöllarga egalik qiliş va pulli avtomobil yöllarini taşkil etiş uçun yer uçastkalari beriş belgilangan.

2-bob. Pulli avtomobil yöllar sohasidagi boşqaruv (12-18-moddalar)
2-bob pulli avtomobil yöllari sohasidagi davlat boşqaruvini va davlat organlarining vakolatlarini belgilaydi.

3-bob. Pulli avtomobil yöllarini moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş tartibi (19-22-modda)