Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yöl sohasini boşqariş tizimini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
2020-2022 yillarda davlat-xususiy şeriklik şartlarida pullik avtomobil yöllarini taşkil etiş loyihalarini amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ga köra, “Qamçiq" dovonida yangi pullik tonnel quriş möljallanmoqda.
Loyihani amalga oşiriş mexanizmi va indikativ muddatlari - Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini örganib çiqiş - 2020 yil mart, Jahon banki bilan kelişuv tuziş - 2020 yil aprel, DTIHni tayyorlaş 2020 yil may, TIHni tayyorlaş - 2020 yil oktabr, loyiha konsepsiyasini tayyorlaş va kiritiş - 2020 yil noyabr, konsepsiya va TIHni tasdiqlaş - 2020 yil dekabr, tender hujjatlarini tayyorlaş - 2021 yil aprel, tanlov oldi saralaş jarayoni - 2021 yil avgust, takliflarni qabul qiliş jarayoni - 2021 yil noyabr, tender ğolibi bilan kelişuv imzolaş - 2022 yil mart. Mas'ul ijroçilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy şeriklik agentligi (G. Xoljigitov), Toşkent viloyati (R.Xolmatov), Namangan viloyati (X. Bozorov) hokimliklari.
Şuningdek, Taxtiqoraça dovonida yangi pullik tonnel quriş közda tutilgan. Loyihani amalga oşiriş mexanizmi va indikativ muddatlari - YeTTB yoki boşqa konsalting kompaniyasi bilan kelişuv tuziş - 2020 yil yanvar, TIHni tayyorlaş-2020 yil iyun, loyiha konsepsiyasini tayyorlaş va kiritiş - 2020 yil iyul, konsepsiya va TIHni tasdiqlaş - 2020 yil sentabr, tender hujjatlarini tayyorlaş - 2020 yil oktabr, tanlov oldi saralaş jarayoni - 2020 yil dekabr, takliflarni qabul qiliş jarayoni - 2021 yil fevral, tender ğolibi bilan kelişuv imzolaş - 2021 yil may. Mas'ul ijroçilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy şeriklik agentligi (G. Xoljigitov), Qaşqadaryo viloyati hokimligi (3. Mirzayev).
Bundan taşqari, Sirdaryo - Baxt şaharlarini aylanib ötuvçi pullik avtomobil yölini quriş, Toşkent - Samarqand pullik avtomobil yölini quriş, Toşkent - Andijon pullik avtomobil yölini quriş rejalaştirilmoqda.













