Özbekistonda 2020 yilga kelib pulli avtomobil yöllarini quriş rejalaştirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri hukumatdagi manbaga tayanib.
Aytilişiça, hozirda Toşkentdan Samarqand orqali Buxoroga olib boradigan birinçi pulli avtoyöl loyihasi işlab çiqilmoqda. Bu hozirda mavjud yölga parallel alohida yöl böladi.
"Gap şundaki, hozirda mamlakatimizda pulli avtomobil yöllaridan foydalanişga oid zarur qonunçilik bazasi yöq. Şuning uçun parlamentga kiritiş uçun tegişli taklif tayyorlaş orqali avvalo mana şu böşliqni töldiriş darkor. Avtomobil yöllari davlat qömitasi aynan mana şu iş bilan şuğullanmoqda. Biroq qonun loyihasi bir öqişdayoq qabul qilinişi aniq emas", — degan suhbatdoş.
Xabarga köra, qonun qabul qilinsa, loyihaning texnik qismini işlab çiqiş kerak böladi. Unga köra, pulli avtoyölga parallel ravişda bepul yöl ham bölişi şart, ya'ni haydovçilar uçun tanlaş imkoniyati bölişi lozim.
Manbaning aytişiça, pulli yöllarda past tezlikda yuriş çeklanadi, ularda tezlik rejimi yuqori böladi. Masalan, hozirda Toşkent — Samarqand — Buxoro trassasida soatiga 100 kilometrdan yuqori tezlikda yuriş mumkin bölmasa, parallel pulli yölda tezlik soatiga 120 kilometrdan past bölmasligi kerak. Tölov esa dunyoning boşqa mamlakatlarida bölgani kabi yölga kiraverişda örnatilgan elektron terminallar orqali qabul qilinadi.
Suhbatdoş, şuningdek, respublikadagi ilk pulli avtoyöl qurilişi uçun aynan uşbu trassa bejizga tanlanmaganligini ta'kidladi. Uşbu ommabop turistik yönaliş Özbekistonning qadimiy şaharlarini bir-biri bilan boğlaydi, muqobil yölning paydo bölişi esa sayohatçilar uçun qöşimça qulaylik yaratişi lozim.
“Aslida respublikada pulli yöllar barça yönalişlarda bölişi lozim, zero xorijda joriy etilgan bu tajriba özini oqlagan”, degan manba.
Eslatib ötamiz, Özbekistondagi avtomobil yöllari tarmoğining uzunligi hozirda 184 ming kilometrni taşkil etadi. Undan 42,6 ming kilometrdan ortiqroği umumiy foydalanişdagi avtoyöllardir.













