Toşkent şahrida atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, ekologik muhitni soğlomlaştiriş va aholi uçun qulay mikroiqlim yaratiş maqsadida sunʼiy köllar taşkil etiş işlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Ekologiya qömitasi.
Loyiha doirasida şaharda suvli maydonlar va yaşil hududlarni köpaytiriş, çanglaniş darajasini kamaytiriş hamda ekologik infratuzilmani rivojlantiriş közda tutilgan.
Jumladan, Çilonzor tumanidagi «Beşyoğoç», Sergeli tumanidagi «Xonobodtepa» va «Qumariq», Yunusobod tumanidagi «Boğiböston», Mirobod tumanidagi «Yuksaliş», Şayxontohur tumanidagi «Ipakçilik», Uçtepa tumanidagi «Qörğontepa» hamda Olmazor tumanidagi «Zamondoş» mahallalarida sunʼiy köllar barpo etiladi.
Qayd etilişiça, sunʼiy köllarning taşkil etilişi şahar hududlarida suv va yaşil maydonlar uluşini oşiriş, mahalliy mikroiqlimni yaxşilaş hamda aholi uçun yanada qulay va soğlom ekologik muhit yaratişga xizmat qiladi.









