Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekologiya politsiyasi xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi «M.K.» korxonasi faoliyati örganildi.
Örganiş davomida korxonaning elektrda pölat eritiş va ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmalarida atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan meyorlardan sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi.
Xususan, laboratoriya tahlillarida elektrda pölat eritiş bölinmasida noorganik çang meyordan 2,4 barobar, oltingugurt dioksidi 1 533 barobar, uglerod oksidi esa 20 barobar köp taşlanayotgani tasdiqlandi.
Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida ham qonunbuziliş holatlari qayd etildi. Bu yerda noorganik çang miqdori belgilangan meyordan 24,9 barobar, azot dioksidi 2,12 barobar, uglerod oksidi esa 23,3 barobar yuqori ekani maʼlum böldi.
Şuningdek, elektrda pölat eritiş sexida çang-gaz tozalaş uskunalarining samarali işlamayotgani, natijada ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan-töğri atmosferaga çiqib ketayotgani aniqlandi.
Bundan taşqari, korxonada ekologik ekspertiza xulosalari talablari ham töliq bajarilmagani, ayrim ifloslantiruvçi manbalarda avtomatlaştirilgan monitoring tizimlari örnatilmagani va laboratoriya nazorati yetarli darajada taşkil etilmagani maʼlum böldi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan amaldagi qonunçilik talablari asosida qöşimça hisob-kitob qilinib, korxonaga atrof-muhitni ifloslantirganlik uçun 1 mlrd 630 mln 920 ming 419 söm kompensatsiya tölovi belgilandi.
Şu bilan birga, aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş böyiça korxonaga majburiy körsatmalar berildi. Jumladan, çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stansiyalarini örnatiş belgilandi.









