Buxoro viloyati Olot tumanida yaşovçi 42 yoşli (ayol) Ğ.N. IIOga murojaat qilib, uning nomidan noma’lum sabablarga köra 14,5 mln miqdoridagi pul mablağlari yeçib olinganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yaşovçi 19 yoşli Q.A. sodir etgani aniqlandi.

Unga köra, Q.A. jabrlanuvçi Ğ.N.ga qönğiroq qilgan va özini "bank operatori" sifatida taniştirib, SMS-xabarnoma (soxta havola) yuboriş orqali şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritib, uning hisobida bölgan 14,5 mln söm pullarni özining foydalanuvida bölgan bank plastik kartasiga ötkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, Q.A.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 1 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.