"Dunyo" xabariga köra, uçraşuvda JSST bilan ikki va köp tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda bölajak qöşma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Orolböyi hududida soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişga qaratilgan loyiha faoliyatini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisi örtasida tibbiy yordam körsatişni taşkil etiş, yuqumli bölmagan, respirator va onkologik kasalliklarning oldini oliş va barvaqt aniqlaşni yanada takomillaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

JSST va "Zamin" xalqaro jamoat fondi örtasida tibbiyot sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdorlik bildirildi.

Uçraşuv yakunida boş direktor JSST Özbekiston tomoni bilan konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirişga, şuningdek, soğliqni saqlaş sohasida qöşma tadbirlarni taşkil etişni qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.