Yangihayot tumanida uçta avtomaşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Joriy yilning 11 aprel kuni soat 21:50 larda Yangihayot tumani Qörğontepa 1-tor  köçasida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomaşinalar iştirokida yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH oqibatida 3 nafar haydovçiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinçi yordam körsatilib, şifoxonaga olib ketilgan.

“Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga amal qilişni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanişni söraymiz”, deyiladi Toşkent şahar IIBB YHXB xabarida.