Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği Şamsiddin Sohibnazarov lavozimdan olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Şamsiddin Sohibnazarov 2023 yilning 17 oktyabr kuni prezident farmoniga asosan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kraşiş departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi. Bungaça u departamentning Toşkent şahar boşqarmasiga rahbarlik qilgan.

Sohibnazarovning işdan oliniş sabablari, keyingi faoliyati hamda uning örnini kim egallaşi haqida hozirça aniq ma’lumot yöq.

Keça Kun.uz’ning Telegram’dagi Kunonline kanalida departament boşliği Şamsiddin Sohibnazarov hamda Toşkent şahar prokurorining birinçi örinbosari Anvar Örmonov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar e’lon qilindi. Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Anvar Örmonovning işdan olinganini rad qildi, Şamsiddin Sohibnazarov borasida esa ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Ayni paytda Departament saytining “Rahbariyat” bölimida Şamsiddin Soxibnazarov Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği sifatida qolmoqda.

Adliya katta maslahatçisi Şamsiddin Sohibnazarov 2021 yilda davlat mustaqilligining öttiz yilligi oldidan “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.