Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoniga asosan adliya katta maslahatçisi Şamsiddin Şarafidinoviç Sohibnazarov Boş prokuror örinbosari - Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şamsiddin Sohibnazarov 2023 yil oktyabrida Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Bundan oldinroq prezident raisligidagi videoselektorda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti faoliyati kuçaytirilişi, departament çuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftiş va özi tergov qiladigan idoraga aylanişi, uning rahbari bir vaqtning özida Boş prokuror örinbosari bölişi ma’lum qilingandi.

Bundan taşqari, departamentga eng zamonaviy axborot tizimlari va maxsus vositalar olib beriladi, uşbu organda işlaş uçun iqtisodiy sohalar va xorijiy tillarni mukammal biladigan mutaxassislar tanlab olinadi.

Şu tariqa, Özbekiston boş prokurori Niğmatulla Yöldoşevning örinbosarlari soni sakkiz nafarga yetdi. Bungaça uşbu lavozimda Bahriddin Valiyev (birinçi örinbosar), Salom Samadov, Şohrux Aminov, Svetlana Ortiqova, Botir Qudratxöjayev, Şerzod Töxtaboyev hamda Jahongir Xatamov işlab kelayotgandi.