Ozarboyjon Mudofaa vazirligi axborotiga köra, maşğulotlar mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, şuningdek, harbiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan.
Asosiy eʼtibor uç mamlakat maxsus bölinmalari örtasida tajriba almaşiş, qöşma operatsiyalarni rejalaştiriş va ötkazişda özaro muvofiqlaşgan harakatlarni takomillaştirişga qaratildi.
Maşğulotlar rejasiga muvofiq, iştirokçilar toğli hududlar va aholi punktlarida jang olib boriş böyiça vazifalarni bajardi. Şuningdek, şartli duşman ortiga kirib boriş, razvedka-qidiruv işlarini amalga oşiriş va muhim obyektlarni egallaş harakatlari maşq qilindi.
Terrorizmga qarşi operatsiyalar doirasida garovga olinganlarni ozod qiliş hamda strategik obyektlarni qöriqlaş böyiça öquv vazifalari ham bajarildi. Harbiy xizmatçilar kunduzgi va tungi şaroitda turli kalibrdagi öqotar qurollar, snayperlik miltiqlari hamda maxsus vositalardan öq otiş maşqlarini ötkazdi.
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi mamlakat harbiy xizmatçilari maşğulotlarda yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik va professional mahoratni namoyiş etganini qayd etdi.
Maşğulotlarning yakuniy bosqiçini tadbir rahbariyati bilan birga kuzatgan Ozarboyjon Maxsus operatsiyalar kuçlari qömondoni general-mayor Alakbar Jahongirov ozarbayjonlik maxsus kuçlar harbiy xizmatçilarining könikmalari va tayyorgarlik darajasini yuqori baholadi.
Yakunda belgilangan vazifalarni bajarişda alohida örnak körsatgan bir guruh harbiy xizmatçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Iştirokçilar birgalikda esdalik suratiga tuşdi.








