Bu safar «Yetakçilar» toifasiga rossiyalik marhum muxolifatçi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya kiritildi. 

Bu yilgi «Yetakçilar» orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va birinçi xonim Yelena Zelenskaya yöq. 2022 va 2023 yillarda ular röyxatga kiritilgan edi. 

Şu bilan birga, röyxatda ukrainaliklardan faqat prezident devonining rahbari Andrey Yermak bor. 

TIME nufuzli şaxslar röyxatiga Polşa boş vaziri Donald Tusk, Argentina prezidenti Xavyyer Miley, Italiya boş vaziri Jorjia Meloni va Xitoy boş vaziri Li Tsyan ham kiritilgan.

TIME 100 röyxati Amerikaning TIME jurnali tomonidan 1999 yilda ta’sis etilgan. Unga «San’atkorlar», «Kumirlar», «Kaşşoflar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Yetakçilar» toifalari böyiça dunyodagi eng nufuzli odamlar kiritiladi. 

2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Yetakçilar» toifasida yilning eng nufuzli odami deb e’lon qilingan edi. 2023 yilda Yelena Zelenskaya ham TIME 100 röyxatiga kiritildi.