Ukraina Qöşma Ştatlardan «hafta oxirigaça» qurollarning yangi partiyasini olişi mumkin. Bu haqda 21 aprel, yakşanba kuni CBS telekanali orqali AQŞ Senatining razvedka qömitasi rahbari Mark Uorner ma’lum qildi. Yordam paketida, jumladan, 300 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni urib tuşirişga qodir uzoq masofali ATACMS raketalari ham bor. Qurollar «AQŞ prezidenti Jo Bayden qonun loyihasini imzolaşi bilanoq jönatiladi», deya qöşimça qildi Uorner.
ATACMS frontda kuçlar muvozanatini özgartirişi mumkin
Amerikaning Atlantic Council tahliliy markazi tadqiqotçisi Piter Dikkinson ta’kidlaşiça, ATACMS raketalari «Ukrainaga Rossiya tomonidan egallab olingan mamlakat barça hududlaridagi nişonlarni uriş imkonini beradi». Boşqa tahlilçilarning fikriga köra, ATACMS ayniqsa aerodromlardagi samolyotlar, havo mudofaa tizimlari, neftni qayta işlaş zavodlari va logistika markazlari kabi nişonlarga qarşi samarali.
Tahlilçilar fikriça, Kiyevning uzoq masofali raketalar yangi partiyasini olişi Rossiya qömondonligini bazalar va qömondonlik punktlarini front çiziğidan uzoqlaştirişga majbur qilişi mumkin, bu esa, öz navbatida, egallab olingan hududlar mudofaasini zaiflaştiradi.
ISW: Rossiya AQŞ yordami kelguniga qadar hujumlarni kuçaytiradi
Amerika uruşini örganiş instituti (ISW) 20 aprelda e’lon qilgan hisobotga köra, Ukraina uçun tasdiqlangan yordam paketi «yaqin haftalarda frontdagi vaziyatga ta’sir qilmasligi» mumkin. Ayni paytda, Rossiya «çeklangan imkoniyatlar oynasidan foydalanişi» va hujumlarni kuçaytirişi hamda Ukraina qöşinlari «muvaffaqiyatsizlikka erişişi» mumkin. Harbiy yordam paketi «tezda yetib kelsa, Rossiya hujumini töxtatiş mumkin», deyiladi xabarda.
AQŞ Kongressi quyi palatasida Ukrainaga yangi yordam ma’qullandi
20 aprel kuni respublikaçilar hukmronlik qiladigan AQŞ Kongressining Vakillar palatasi bir neça oylik qarama-qarşiliklardan söng Ukrainaga qariyb 61 milliard dollar miqdoridagi keng kölamli yordam paketini ma’qulladi. Qonun loyihasini yoqlab 311 kongressmen ovoz berdi, 112 kişi qarşi çiqdi.
Quyi palata ma’qullaganidan keyin qonun loyihasi Senat tomonidan tasdiqlanişi kerak. Ovoz beriş 23 aprelga belgilangan. Kongressning demokratlar köpçilikni taşkil etuvçi yuqori palatasi Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik yordam paketini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda. AQŞ prezidenti Jo Bayden bu hujjatni darhol imzolaşini allaqaçon aytgan.












