Qöşma Ştatlar hali «Tolibon» harakatini Afğoniston hukumati sifatida tan oliş töğrisida bir qarorga kelmadi. Çunki bu mamlakatda «hokimiyat tepasiga kelgan radikallar inson huquqlarini poymol qilişda va xalqaro konvensiyalarga zid bölgan içki qonunlarni çiqarişda davom etmoqda». Bu haqda AQŞ Davlat departamentining 2023 yilda dunyoning turli mamlakatlaridagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat haqidagi hisobotida aytiladi.
Davlat departamenti tahlilçilarining qayd etişiça, hisobot davrida Afğonistonda ta’lim va iş bilan ta’minlaniş imkoniyati çeklangan ayollar huquqlari sezilarli darajada yomonlaşgan. Mutaxassislarga köra, «Tolibon» afğon ayollari uçun şart-şaroitlarni yengillaştiriş yoki ayrim taqiqlarni bekor qilişni nazarda tutuvçi birorta ham farmon qabul qilmagan.
Amerikalik siyosatçilarni Afğoniston hukumatiga «sodiq bölmagan» odamlarning qiynoqqa solinişi, noqonuniy hibsga olinişi va öğirlab ketilişi haqidagi köplab xabarlar ham xavotirga solgan. «Tolibon» qurolli mojarolarda qatnaşiş uçun «bolalarni yollamoqda, bu ham inson huquqlarining jiddiy buzilişi hisoblanadi».
Bundan taşqari, «mamlakatda söz erkinligi poymol etilmoqda, internetga kirişda çeklovlar mavjud, mustaqil matbuot ta’qib qilinyapti».
Ta’kidlanişiça, «toliblar» etnik va diniy ozçiliklar - hazoralar, sikxlar, salafiylar, hindular, nasroniylar vakillariga «har tomonlama zöravonlik va tazyiq ötkazmoqda».
TOLOnews xabariga köra, Afğoniston davlati matbuot kotibi örinbosari Hamdulloh Fitrat AQŞ tanqidiga javob qaytargan. Uning sözlariga köra, mamlakatdagi hukmron hukumat «Islom va şariat tamoyillariga sodiq», «Ğarb esa unga öz qoidalari va madaniyatini singdirişga intiladi, jumladan, inson huquqlari masalasida ham».












