Asel Satenova – EWI marketing böyiça direktori bergan intervyusida Özbekistonda sneklar bozori qanday rivojlanib borayotgani va nima uçun innovatsiyalar – yangi auditoriyani jalb qilişda asosiy omil bölib hisoblanişi haqida gapirib berdi.
- EWI kompaniyasining ekspertizasi nimada?
- EWI kompaniyasi Özbekistonda gazak (snek) mahsulotlari, xususan, çips işlab çiqarişni boşlagan birinçi korxonalardan biri bölib, bugungi kunda Özbekistonda tuzli sneklarni işlab çiqariş böyiça yetakçi kompaniya hisoblanadi. Millionlab odamlar bizning mahsulotlarimiz bilan taniş, biz özimizning Cheers brendi ostida kartoşka çiplarini işlab çiqaramiz. Bu mahsulot nafaqat Özbekiston bozorida, balki qöşni bozorlarga ham eksport qilinmoqda. MDH mamlakatlari hududida brend Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Turkmanistonda taqdim etilgan. Bu yil biz öz qatorimizni yangi mahsulot – Nachos Cheers subbrend bilan kengaytirmoqdamiz.

- Nomidan taşqari mahsulot hozirgi çipslar brendidan nima bilan farq qiladi?
- Biz makkajöxoridan tayyorlangan sneklarning köpayib borayotganini kuzatmoqdamiz. Yangi mahsulot uçta ta’mga ega böladi - pişloq, maxsus nachos pişloq va dudlangan kolbasa
- Yangi mahsulotlarni işlab çiqiş jarayonlaridagi asosiy bosqiçlarni qanday ajratgan bölardingiz?
- Biz avvalombor, Özbekistondagi iste’molçilarimizni örganamiz, ularning xohiş-istaklari, iste’mol qiliş holatlari, nimani yoqtirişini va nimani yoqtirmasligini bilib olamiz. Şuningdek, biz çipslar işlab çiqariş toifasi böyiça xalqaro tajribaga egamiz, bu tajribaga Özbekistondan taşqaridagi global tendensiyalarni va boşqa bozorlarni örganiş orqali erişamiz. Misol uçun, AQŞ va Yevropada çips iste’moli va ularning xilma-xilligi Özbekistonnikiga qaraganda bir neça barobar kengroq, demak, bu bozorlardan örganiş uçun köp narsa bor. Mahalliy bozor uçun makkajöxori sneklarini işlab çiqariş maqsadida korxonamiz işlab çiqariş quvvatini ikki barobarga oşirdi
- Bugungi kunda işlab çiqarişingiz qanday uskunalarda amalga oşirilmoqda?
- Jarayonlarning sifati va optimallaştirilişi biz uçun muhim, şuning uçun uskunalarga sarmoya kiritiş muntazam ravişda davom etmoqda. Hamkorlarimiz qatoriga AQŞning Reading Bakery System kompaniyasidan çips işlab çiqariş liniyasi, Yaponiyaning Işida kompaniyasidan qadoqlaş liniyasi, CEPI kompaniyasidan Italiyaning xomaşyo yetkazib beriş tizimi va boşqalar kiradi.










