Xitoy «Şençjou-18» kosmik kemasini Tszyutsyuan markazidan «Tyangun» orbital stansiyasigaça uçirdi. Kema bortida uç nafar taykonavt bor: komandir Ye Guanfu, şuningdek, ekipaj a’zolari Li Tsun va Li Guansu. Ular stansiyada taxminan olti oy qolişi kerak. 

Missiya rahbari 43 yoşli Ye Guanfu bölib, u oxirgi marta 2021 yil oktyabr oyida «Tyangun»da bölgan. Unga Li Tsun va Li Guansu hamrohlik qilmoqda, ular uçun bu birinçi parvoz. 

Fevral oyi oxirida Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) 2024 yilda kosmik kemalarni uçiriş missiyalari soni böyiça milliy rekordni yangilaşni rejalaştirayotganini ma’lum qildi. 

«2024 yilda Xitoyning kosmik sanoati 100 ga yaqin parvozni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Yangi rekord örnatilişi kutilmoqda», deyiladi hisobotda. 

«Şençjou-18» ekspeditsiyasi «Tyangun» orbital stansiyasiga yettinçi missiya böladi. Xitoyning birinçi kosmik parvozi 2003 yilda, Xitoyning birinçi kosmonavti Yan Livey «Şençjou-5» kosmik kemada uçganida amalga oşirilgan.