Toşkent şahri Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti Nodir Akbarov maktab hududidagi basseynda vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga köra, hokimlik xodimlari uçun 18 aprel kuni ziyofat tadbiri ötkazilgan. Unda spirtli içimliklar iste’mol qilingan bölişi mumkin. Tadbirdan keyin hokimning ikki örinbosari hamda yuristi tumandagi 160-sonli bolalar va ösmirlar maktabi hududidagi basseynga borişgan. Basseynda çömiliş çoğida hokimlik yuriskonsultining soğligi yomonlaşib, vafot etgan.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, 2024 yil 18 aprel kuni soat 15:30 lar atrofida 1970 yilda tuğilgan erkak, Yakkasaroy tumani hokimligi huquqşunosi tumanda joylaşgan maktabdagi basseynda çömilganda ahvoli yomonlaşib, vafot etgan. Marhumning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi taynlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
2024 yil 22 aprel kuni Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning qaroriga köra Nodir Akbarov bilan mehant şartnomasi uning vafot etgani munosabati bilan bekor qilingan.

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati bilan boğlandi. U yerda bu borada Yakkasaroy tumani hokimligidan ma’lumot oliş mumkinligini bildirişdi.
Biroq Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati tahririyat sörovlarini javobsiz qoldirdi.









