Slovakiyaning Volkswagen va Volvo avtomobil işlab çiqaruvçilari Özbekiston fuqarolarini işga taklif qilmoqda, deb xabar berdi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi.

Volkswagen kompaniyasi premium avtomobillarni işlab çiqariş, kabel agregatlari, şassi va intererni yiğiş, montaj işlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan ötkaziş yönalişida işga taklif qiladi. Kompaniya 18 yoşdan 45 yoşgaça bölgan 240 nafar mutaxassisni işga oladi.

Iş uç smenadan iborat. Nomzodlardan rus tilini kommunikativ darajada biliş talab etiladi. Iş haqi oyiga 1200−1600 yevro orasida.

Volvo esa 18−45 yoşdagi 150 nafargaça yuk maşinasi haydovçilarini işga oladi. Rus tilini bilişdan taşqari, C va E toifali haydovçilik guvohnomasi talab qilinadi, maoş oyiga 1700−2400 yevro.

Bandlik vazirligi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tez orada röyxatdan ötiş böyiça e’lon beradi.