
Bugun Özbekiston böylab yöl harakati xavfsizligi va yöl-patrul xizmatining minglab xodimlari keça-yu kunduz işlaşyapti.
Köplab joylarda radarlar örnatilgan va ular haydovçilarning qoidabuzarligini qayd etyapti. Biroq yöl-transport hodisalari va yöllarda odamlarning ölimi kamaymayapti.
Xöş, nega bunday bölyapti? Qayerda, qanday xatoga yöl qöyilyapti? Yöl-harakati xavfsizligi deb atalgan tizim nega samarali işlay olmayapti?
Jarima ballarini hisoblaş tizimi hanuzgaça işga tuşmadi
Yöl-harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan “otni kallasiday” jarimalar ham qoidabuzar haydovçilarni qörqita olmayapti.
Xöş, qoidabuzar haydovçilar jarimalarni pisand qilmayotgan bölsa, ularni nima qörqitişi mumkin? Albatta vaqtinça haydovçilik huquqidan mahrum qilinişi.
Haydovçilarni faqat haydovçilik huquqidan mahrum qilinişi qörqitişi mumkinligini mutasaddilar ham tuşunib turişibdi. Biroq negadir bu tartibni amaliyotga joriy qiliş uzoq yillardan buyon paysalga solib kelinmoqda.
Özbekistonda yöl harakati qoidalariga amal qilişni jarima ball asosida baholaş tizimi joriy etiş haqidagi ilk xabar 2018 yilda (!) çiqqandi.

Öşanda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati qoidalariga amal qilişni jarima ball asosida baholaş tizimini joriy qiliş töğrisida”gi qaror loyihasi joylaştirilgandi.
Içki işlar vazirligi taşabbusi bilan yaratilgan loyiha yuzasidan muhokamalar 2018 yil 25 oktyabrda boşlanib, 2018 yil 9 noyabrda yakunlanişi belgilangandi.
Qarorga köra, yöl harakati qoidalariga amal qilişni jarima ball asosida baholaş tizimi 2020 yil 1 yanvardan boşlab joriy qilinişi belgilangandi.
Öşanda ijtimoiy tarmoqlarda juda köpçilik IIVning bu taşabbusini qöllab-quvvatladi. Biroq bu qaror loyihasi taqdiri noma’lumligiça qoldi.
















