Carens zamonaviy oilalarning ösib borayotgan talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus yaratilgan va oilaviy avtomobillarning yangi segmentini yaratiş uçun möljallangandir. Uç qatorli ixçam miniven salonning yuqori darajadagi bezatilişini, avtomobilning axborot tarmoqlari va qurilmalari bilan integratsiyalaşuv funksiyalarini, krossoverga xos uslubdagi dizaynni va hayratomuz kenglikni, şu jumladan uçinçi qatordagi yölovçilar uçun kenglikni taqdim etadi.

Carens dizayni «Tabiat jasorati» tamoyiliga asoslanadi: ixçam miniven nafaqat brendning yangi dizayn yönalişini namoyiş etadi, balki u tabiatning mukammalligi va soddaligiga hurmatni aks ettiradi.
Yangi Carens’ning qiyofasida Kia’ning «Yölbars tabassumi» uslubidagi radiator panjarasi zamonaviy tarzda işlangan, şuningdek, quyi havo oliş panjaralari ham ta’sirçan tarzda aksentlangan. Yoruğlik diodli faralar va kunduzgi yuriş çiroqlari ajoyib taşqi qiyofani yaratadilar. Ixçam miniven Kia brendining krossoverlar qatoridagi modellarga oxşatilib işlanişi natijasida yon tomonidan dadil va qudratli körinişga ega bölib, bu uning dizaynidagi kuç va nafosatning uyğunlaşuvini qöşimça ravişda ta’kidlaydi.

Minivenning intereri zamonaviy iste’molçilar ehtiyojlarini hisobga oladi. Futuristik dizaynga ega old panel salonning kengligi va haşamatliligi hissini şaklantiradi. Eşiklarning bezatilişidagi xromlangan elementlar premium sifatga mansublik hissini orttiradi. Old panelga Apple CarPlay va Android Autöni qöllab–quvvatlovçi 8 dyuymli ekranli multimedia tizimini integratsiyalangan, pastroqda esa – köp funksiyali markaziy konsol mavjud.

«Kia Carens bizning «Qarama–qarşiliklar uyğunligi» dizayn konsepsiyamizning mukammal timsoliga aylandi. U özida sportça xarakterni, nafis öziga xoslik va unikal estetikani muvaffaqiyatli uyğunlaştiradi. Kia Carens zamon bilan hamnafas bölgan mijozlarning uç qatorli oilaviy avtomobillarga qöyayotgan talablarini töliq aks ettiradi», – deb ta’kidlaydi, Koreya avtomobil işlab çiqaruvçisi bölgan Kia kompaniyasining ijroçi vitse-prezidenti va global dizayn bölimi boşliği Karim Habib.
Kia Carens’ning Özbekistondagi sotuvlarining boşlaniş sanasi, şuningdek, texnik xarakteristikalari va komplektatsiyalari haqidagi batafsil ma’lumotlar 2024 yilning may oyida e’lon qilinadi.









