Ukraina çet eldan harbiy xizmatga çaqirilişi kerak bölgan fuqarolarini majburan qaytarmoqçi emas. Bu haqda Ukraina boş vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi böyiça örinbosari Olga Stefanişina 30 aprel kuni DW naşriga bergan intervyusida Ukrainaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida konsullik xizmatlari körsatişni töxtatiş masalasiga izoh berar ekan, ma’lum qildi.
«Uruş davom etayotgan mamlakatga har qanday jins yoki yoşdagi Ukraina fuqarolarini heç qanday çeklovlar bilan yoki majburiy tarzda qaytariş bölmaydi», dedi Stefanişina. Şu bilan birga, u «uruş masalalarida yoqimli yeçimlar yöqligini» qöşimça qildi va «uruş davom etayotganini va biz uni yutişimiz kerakligini» unutmaslikka çaqirdi.
Stefanişinaning sözlariga köra, safarbarlik töğrisidagi yangi qonun bilan ukrainalik erkaklar hududiy şakllantiriş markazlari (HŞM)ga şaxsiy ma’lumotlarni taqdim etişi kerak, biroq bu ularning avtomatik ravişda frontga yuborilişiga olib kelmaydi. Gap «safarbarlik salohiyatini» tuşuniş haqida ketyapti, dedi u. «Biz frontdagi yigitlarni qay darajada almaştira olişimizni tuşunişimiz kerak».
Çet eldagi ukrainaliklar uçun konsullik xizmatlarini bekor qiliş
23 aprel kuni Ukraina Taşqi işlar vazirligi xorijda bölgan 18 yoşdan 60 yoşgaça erkak fuqarolarga konsullik xizmatlari körsatişni «vaqtinçalik töxtatib turiş» töğrisida qaror qabul qildi. Ertasi kuni Ukraina hukumati çaqiruv yoşidagi erkaklar uçun pasportlar xorijiy diplomatik muassasalarda emas, balki faqat Ukraina hududida berilişi mumkin bölgan qoidalar haqida ma’lumot berdi.
Hukumatning ta’kidlaşiça, faqat HŞMda öz ma’lumotlarini yangilagan erkaklar konsullik xizmatlaridan foydalanişi mumkin. Biroq, hozirda buni faqat şaxsan amalga oşiriş mumkin: harbiy xizmatga majbur bölganlarning ma’lumotlarini masofadan yangilaş mumkin bölgan elektron hisob hali işlab çiqilmagan.












