Xitoy Oyning teskari tomonini örganiş böyiça navbatdagi missiyani boşladi. «Çane-6» Oy zondiga raketa-taşuvçi 3 may, juma kuni Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi Vençan kosmodromidan uçirildi. Zond birinçi bölib Oyning qoronği tomonidan tuproq namunalarini yiğadi va ularni Yerga yetkazadi.
Missiya 53 kunga möljallangan. Xitoy mifologiyasida Oy ma’budasi nomi bilan atalgan «Çane-6» zondi eng katta ma’lum bölgan Oy krateri – Janubiy qutb havzasi - Eytkenga qönişi, ikki kilogramm tuproq namunalarini yiğişi va bir qator boşqa tajribalar ötkazişi rejalaştirilgan.
Olingan namunalarni Yerga yetkaziş uçun zond Oy yuzasidan kötarilişi kerak böladi. Missiyaning qiyinligi şundaki, Oyning teskari tomoni heç qaçon Yerdan körinmaydi va u bilan töğridan töğri radio-aloqa örnatiş mumkin emas.
2019 yilda Xitoy birinçi marta «Çane-4» zondini Oyning qoronği tomoniga muvaffaqiyatli yubordi.
2020 yilda «Çane-5» missiyasi bilan Xitoy Oyning körinadigan tomonidan toşlarni yiğib, ularni Yerga qaytargan AQŞ va Sovet Ittifoqidan keyin uçinçi davlat böldi.
2030 yilga borib Xitoy Yerning tabiiy sun’iy yöldoşiga boşqariladigan parvozni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.












