Unga köra, Xose Venansio Lopes boşçiligidagi Özbekiston futzal milliy jamoasi 1288,96 oçko jamğargan holda, 11-örindan joy olgan. Özbekiston bungaça 2023 yilni jahon reytingida 25-örinda yakunlagandi.
Braziliya FIFA reytingida birinçi örinni egallab turibdi. Amaldagi Jahon çempioni Portugaliya esa Ispaniyani ortda qoldirgan holda ikkinçi poğonaga kötarilib oldi. Osiyo çempioniga aylangan Eron 4-örinda, Argentina esa kuçli beşlikdan örin olgan. Qit’a çempionati finalçisi Tailand 9-öringa kötarilgan. Özbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo jamoalari orasida Eron va Tailanddan keyingi 3-örinni band etgan.

26 may kuni Samarqandda ötadigan jahon çempionatiga qur’a taşlaş marosimida uşbu beş jamoa va Özbekiston futzal milliy jamoasi 1-savatçaga joylaştiriladi.
2-savatçada esa Marokaş, Qozoğiston, Tailand, Fransiya, Ukraina va Paragvay jamoalari böladi. Şu tariqa, futzal böyiça JÇ-2024 iştirokçilari FIFA reytingida egallagan örinlariga qarab saralanadi va guruhlarga ajratiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Tailandda ötgan Osiyo kubogida Tojikistonni mağlub etib, 3-örinni egallagandi. Qöşnilarimizdan Afğoniston 30-örin, Tojikiston 34-öringa kötarilgan bölsa, Qirğiziston 41-poğonada, Turkmaniston 66-örinda bormoqda.












