2024 yilning 25-26 aprel kunlari Chery energiyada işlovçi yangi Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV avtomobillar çidamliligining keng kölamli sinovini ötkazdi. 1214 km uzunlikdagi marşrut, Pekin şahridan Şandun provinsiyasidagi Tsinan madaniy şahri orqali, Konfutsiy ta’limoti ixlosmandlarining muqaddas zamini bölgan Tsyuyfudan ötib, Anxoy provinsiyasining Uxu şahrida yakunlandi. Sinovdan maqsad – avtomobillarning uzoq masofalarga çidamliligi va haydaliş körsatkiçlarini tekşiriş edi. Tadbirda Chery avtomobil brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori bölgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham iştirok etdilar.

25 aprel kuni Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV Pekin şahridan noyob sayohatga çiqdilar. Sayohatning boşida avtomobillar past tezliklarda haydovçiga yordam tizimlari işini namoyiş etib, Pekin şahri tirbandliklarini yengib ötdilar. Magistral yölda asosiy e’tibor quvvat uzatuvçisining barqarorligi va yoqilği tejamkorligiga qaratildi.

3-avlodli DHT gibrid transmissiya bilan juftlikdagi 5-avlodga mansub 1.5TGDI gibrid dvigatellari, quvvatni samarali yetkazib berilişi va harakatlaniş şaroitlariga köra elektr motor va dvigatel örtasida avtomatik almaşişni ta’minlaydilar. Bu qulaylikni va yoqilği tejalişini yaxşilaydi.

Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV’dagi ACC (Adaptive Cruise Control – Moslaşuvçan kruiz nazorati), LDW (Lane Departure Warning – Yöl bölagidan çiqiş haqida ogohlantiriş), AEB (Automatic Emergency Braking – Avtomatik favqulodda tormozlanişda yordam tizimi) va BSD (Blind Spot Detection – Körinmas zonalarni aniqlaş tizimi) kabi ilğor haydovçiga yordam tizimlari haydaş xavfsizligi va qulayligini ta’minlab, boşqaruvni sezilarli darajada osonlaştirdilar.

Tiggo 9 PHEV’ning masofa zahirasi 1400 km dan ortiq bölib, 20 daqiqada tez quvvatlaniş imkoniga ega. Arrizo 8 PHEV bir quvvatlanişda 1463 km masofani bosib öta oladi va uning yuqori samarali batareyalari atigi 19 daqiqada quvvatlanadi. Bu zaryadlaş haqida taşvişlanmasdan uzoq masofalarga sayohat qiliş imkonini beradi.

Uzoq safarda qulaylik juda muhim ahamiyatga ega. Tiggo 9 PHEV sozlanuvçan 10 ta massaj sozlamalariga ega örindiqlarni taklif qiladi, Arrizo 8 PHEV esa keng, butun badan bilan his qilinuvçi örindiqlar va haşamatli salonga ega. Arrizo 8 PHEV’dagi NVH (Noise-Vibration-Harshness – Şovqin-vibratsiya-qattiqlik) texnologiyasi xotirjam va yoqimli sayohatni ta’minlaydi. Tiggo 9 PHEV ikki qavatli laminatlangan şovqinni yutuvçi oynalar va ENC (Environmental Noise Cancellation – Atrof-muhit şovqinini bartaraf etiş tizimi) bilan jihozlangan bölib, bular haydovçi va uning yölovçilari uçun qulay va osoyişta sayohatni ta’minlaydi.