Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Özbekiston Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- agentlikning huquqlari va javobgarligi;
- agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
- agentlik faoliyatini taşkil etiş tartibi;
- agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholaş mezonlari va iş indikatorlari;
- agentlikni moliyalaştiriş va moddiy-texnik ta’minlaş, uning xodimlari mehnatiga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş.
Agentlik energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş sohasida davlat siyosatini amalga oşiruvçi mustaqil respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va çakana bozorlarini bosqiçma-bosqiç taşkil qilişni ta’minlaş;
- bozorda raqobatni qöllab-quvvatlaş, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlaş;
- bozorning barça iştirokçilari uçun teng huquq va şaffoflikni ta’minlovçi qonun-qoidalarga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini örnatiş;
- bozor iştirokçilari faoliyatini litsenziyalaş, ularning litsenziya şartlariga amal qilişini nazorat etiş;
- 2026 yildan boşlab elektr energiyasini uzatiş va taqsimlaş uçun hamda zarur bölgan boşqa xollarda tegişli tariflar va tölovlar miqdorlarini tasdiqlaş;
- magistral va taqsimlaş elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan texnologik yöqotişlarning ruxsat etilgan me’yorlarini tasdiqlaş va boşqalar.











