2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturida işsiz va iş qidirayotgan şaxslarning 160 ming nafarini talabgor kasblarga öqitiş hamda ularning kamida 5 ming nafari kasbiy malaka darajasini tasdiqlaş va ularga malaka pasportlarini taqdim etiş nazarda tutilgan.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
- Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti hisobidan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi muassisligida davlat ta’lim muassasasi şaklidagi Milliy texnik malakani baholaş va malaka oşiriş markazini taşkil etiş;
- “Işga marhamat” monomarkazlari huzuridagi öquv-maslahat ofislarini transformatsiya qiliş.
Markazning asosiy vazifalari:
- öqituvçi, işlab çiqariş ta’limi ustalari, muhandis-ustalar, pedagog kadrlar hamda ta’lim faoliyatiga bevosita aloqador boşqa rahbar-xodimlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
- Özbekistonning milliy malaka tizimini xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajriba asosida takomillaştiriş hamda samaradorligini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- professional standartlarni işlab çiqişda ularni xorijiy taşkilotlar hamda ilmiy hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlikni yölga qöyiş orqali takomillaştirib boriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
- mehnat bozorida talab yuqori bölgan işçi kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlaşga doir öquv-uslubiy qöllanmalar va ilmiy adabiyotlar yaratiş.
2024 yil 1 iyundan boşlab:
“Işga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga öqitiş markazlarining öqituvçilari hamda muhandis ustalarini maqomi böyiça professional ta’lim muassasalari pedagoglariga tenglaştiriş hamda ularga uşbu xodimlar uçun qonunçilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
xorijiy mutaxassislarga bajarilgan işlar uçun tölanadigan tölov miqdori ularning malakasi, tajribasi va ularga yuklanadigan iş hajmidan kelib çiqqan holda, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.












