Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş natijalari ularning ikki bosqiçda töplagan ballari asosida belgilanadi.

Oliy malaka toifasidagi pedagoglar

Oliy malaka toifasi yoki boş öqituvçi lavozimidagi pedagog ikki bosqiç natijasi böyiça 80 va undan yuqori ball olsa, attestatsiyadan ötgan hisoblanadi va uning oliy malaka toifasi saqlanadi.

80 balldan kam natija qayd etilsa, pedagog attestatsiyadan ötmagan hisoblanib, birinçi malaka toifasi - yetakçi öqituvçi lavozimiga tuşiriladi. Navbatdan taşqari attestatsiyada iştirok etgan pedagoglar bundan mustasno.

Birinçi malaka toifasidagi pedagoglar

Birinçi malaka toifasi yoki yetakçi öqituvçi lavozimidagi pedagog:

- 80 va undan yuqori ball töplasa, unga oliy malaka toifasi beriladi;

- 70 balldan 79 ballgaça töplasa, birinçi malaka toifasi saqlanadi;

- 70 balldan kam olsa, ikkinçi malaka toifasiga - katta öqituvçi lavozimiga tuşiriladi.

Ikkinçi malaka toifasidagi pedagoglar

Ikkinçi malaka toifasi yoki katta öqituvçi lavozimidagi pedagog:

- 70 va undan yuqori ball olsa, birinçi malaka toifasi beriladi;

- 60 balldan 69 ballgaça natija körsatsa, ikkinçi malaka toifasi saqlanadi;

- 60 balldan kam töplasa, mutaxassis - oliy maʼlumotli öqituvçi lavozimiga tuşiriladi.

Mutaxassislar uçun qança ball kerak?

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli öqituvçi lavozimidagi pedagog:

- 60 va undan yuqori ball töplasa, ikkinçi malaka toifasi - katta öqituvçi lavozimi beriladi;

- 55 balldan 59 ballgaça töplasa, mutaxassis lavozimi saqlanadi;

- 55 balldan kam natija körsatsa, attestatsiyadan ötmagan va mutaxassis lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi.