Hukumatning «Özbekiston Respublikasida ekskursiya xizmatlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (468-son, 2026-yil 4-sentabr) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-dekabrdan Turizm qömitasi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutiga gidlar va gid-tarjimonlarga ularning xohişiga köra malaka toifalarini beriş vakolati yuklatiladi.

Qaror bilan «Gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka toifasini beriş tartibi töğrisida»gi nizom ham tasdiqlandi.

Unga köra, gidlarga havaskor, ixtisoslaşgan, professional hamda «oltin fond» gidi malaka toifalari berilişi mumkin.

Bunda malaka toifasini oliş ixtiyoriy hisoblanadi. Yaʼni gidda uşbu toifalardan birining mavjud emasligi uning qonunçilikda belgilangan tartibda olingan malaka sertifikati asosida faoliyat yuritiş huquqini çeklamaydi.

Toifa qanday beriladi?

Gidga malaka toifasini berişda uning kasbiy bilim va amaliy könikmalari, ekskursiya xizmatlarini taşkil etiş va ötkaziş mahorati hamda ekskursiya obyektlari haqidagi bilim darajasi hisobga olinadi.

Şuningdek, turistlar bilan muloqot madaniyati, xorijiy tillarni biliş darajasi va kasb etikasi qoidalariga rioya qilişi ham baholanadi.

Talabgorlar malaka toifasini oliş uçun kasbiy imtihon topşiradi.

Imtihon natijasi 56 foizdan 70 foizgaça bölganlarga havaskor gid, 70 foizdan 85 foizgaça natija körsatganlarga ixtisoslaşgan gid, 86 foizdan 100 foizgaça natija qayd etganlarga esa professional gid malaka toifasi beriladi.

Malaka sertifikati çeklanmagan muddatga rasmiylaştiriladi. Biroq gid sifatida sönggi ikki yil davomida faoliyat yuritmagan şaxs malaka imtihonini qayta topşirişi talab etiladi.