Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qarori bilan «Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş» maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament ijtimoiy xodimlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oşiriş markazi tomonidan malaka sertifikatini beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş tartibini belgilaydi.
Qarorga muvofiq, malaka sertifikati nazorat sinovi natijalari va talabgorning maxsus iş stajidan kelib çiqib beriladi.
Xususan, kamida 1 yillik maxsus iş stajiga ega talabgorga III toifa, 2 yillik maxsus iş stajiga ega talabgorga II toifa, 3 yillik maxsus iş stajiga ega talabgorga esa I toifa malaka sertifikati beriladi.
Bunda III toifali malaka sertifikatini oliş uçun talabgordan oliy maʼlumot, II va I toifali sertifikatlar uçun esa tor doiradagi oliy maʼlumot talab qilinadi.
Malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
Nazorat sinovida iştirok etiş uçun talabgor vakolatli organ tomonidan taşkil etiladigan kamida 36 akademik soatlik öquv kurslarida malaka oşirişi lozim.
Malaka sertifikatini oliş böyiça nazorat sinovi, qoida tariqasida, har çorakda bir marta ötkaziladi.
Talabgorlarning bilimi test va keys tahlili asosida umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Nazorat sinovida 70 va undan yuqori ball töplagan talabgor sinovdan muvaffaqiyatli ötgan hisoblanadi.








