Mirzo Uluğbek tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 11 may kuni soat 4:00 atrofida 20 yoşli yigit Malibu avtomaşinasini boşqarib ketayotib, Mirzo Uluğbek tumani Feruza köçasi Oqtepa lavaş binosi qarşisida 45 yoşli erkakni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Şahrisabzda Damas 1-sinf öquvçisini bosib ketgani xabar qilingandi.