XXR davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Lyu Goçjun boşçiligidagi delegatsiya tört kunlik taşrif bilan Özbekistonga keladi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

"Taşrif dasturidan hamkorlik böyiça Özbekiston–Xitoy hukumatlararo qömitasining 7-yiğilişida iştirok etiş, Toşkent şahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan tanişiş örin olgan", – deb yozdi Özbekiston boş vaziri matbuot kotibi.

61 yoşli Lyu Goçjun 2022 yil oktyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Siyosiy byurosi a’zoligiga saylangan edi, 2023 yil 12 mart kuni esa u Butunxitoy xalq vakillari kengaşi 1-sessiyasining 5-yalpi majlisida XXR davlat kengaşi boş vazirining örinbosari etib tasdiqlandi.

"Sinxua" xabariga köra, XXR davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Lyu Goçjun 12-20 may kunlari Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonga taşrif buyuradi.