Germaniya hukumati Ukrainadagi ehtimoliy tinçlik kelişuviga radikal ukrain millatçilari tomonidan tahdidni körmayapti. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vazirligining 15 may, çorşanba kuni e’lon qilingan «Germaniya uçun muqobil» öng qanot populistik partiyasi fraksiyasining yozma söroviga javobida aytilgan. «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi zamirida aynan rus imperializmi turibdi, bu xalqaro huquqni buzadi va Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi hujjatda.

Germaniya qurolli kuçlari (bundesver) tomonidan ötkazilayotgan ukrainalik harbiy xizmatçilar uçun öquv kursi davomida öng qanot ekstremistik ramzlarni kiyişning yettita holati qayd etilgan, deyiladi javob xabarida. Bu ukrainalik askarlarni tayyorlaş Ukraina Qurolli kuçlari bilan kelişilgan holda darhol töxtatildi va harbiy xizmatçilarning özlari uylariga jönatildi, deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Germaniya taşqi işlar vazirligining ta’kidlaşiça, ukrainaliklar bilan öquv dasturi doirasida işlayotgan nemis askarlari muntazam ravişda öng qanot ekstremistik ramzlar böyiça körsatmalar oladi. Bundan taşqari, ukrainalik harbiylar Germaniyaga yetib kelgaç, faşistlar ramzlari böyiça xuddi şunday maşğulotlardan ötgan, deya tuşuntirdi Germaniya hukumati.