Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş uçun tuz iste’molini kamaytirişga çaqirdi. Bu haqda JSST saytida xabar berildi. 

Taşkilotning yangi hisobotida aytilişiça, Yevropada yurak-qon tomir kasalliklari har yili ölimlarning 42,5 foizini taşkil qiladi. Bunday kasalliklardan har kuni 10 ming kişi vafot etadi. Erkaklar orasida bu muammoga duç keliş xavfi ayollarga qaraganda 2,5 baravar yuqori. 

Yevropada ölim holatlarining törtdan bir qismi gipertoniya bilan boğliq. Bu dunyoning boşqa mintaqalari bilan soliştirganda eng yuqori körsatkiçdir. Gipertoniya odatda heç qanday alomatga ega emas va yurak xuruji bilan insultga olib kelişi mumkin. 

JSST ekspertlari Yevropa mamlakatlari aholisi juda köp tuz iste’mol qilişini ta’kidlamoqda. Bu yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlaniş xavfini oşirişi mumkin. JSST tavsiyalariga köra, kuniga maksimal tuz miqdori 5 grammni taşkil qiladi. Bundan taşqari, Yevropaning 53 davlatidan 51 tasida bu körsatkiç oşib ketgan. Xususan, «fastfud» iste’molçilari tuzni suiiste’mol qilişadi. 

Hisobot muammoga qarşi kuraşiş uçun kompleks yondaşuvni taklif qiladi. Mutaxassislarning fikriça, tuz iste’molini 25 foizga kamaytirişga qaratilgan siyosatni amalga oşiriş orqali 2030 yilga borib 900 ming kişining hayotini saqlab qoliş mumkin.