Yevropa kosmik agentligi - ESA maʼlumotiga köra, surat 2026-yil 5-aprelda Copernicus Sentinel-2 dasturi doirasida olingan.

Etoşa Namibiya şimolidagi şu nomli milliy boğ hududida joylaşgan. U mamlakatning eng katta tuz tekisligi bölib, yuzasi tuz va boşqa mineral yotqiziqlar bilan qoplangan.

Sunʼiy yöldoş tasviridagi ranglar va şakllar uni uzoq sayyora manzarasiga öxşatadi. Aslida esa yerdan qaralganda Etoşa asosan oq tekislik bölib körinadi.

Sentinel-2 apparatlaridagi yuqori aniqlikdagi multispektral asbob tasvirlarni 13 ta spektral diapazonda qayd etadi. Turli diapazonlarda olingan maʼlumotlarni birlaştiriş oddiy fotosuratlarda ajratiş qiyin bölgan xususiyatlarni körişga yordam beradi.

Mazkur tasvirda tuzlik atrofidagi ösimliklar qizil tuslarda aks etgan. Tekislikning özida esa yorqin moviy, oç kök va töq kök uçastkalar körinadi. Ular orasidagi bulutga öxşaş şakllar suvda muallaq turgan çökindi zarraçalari töplanişidir.

Qizil ranglarda köringan hududlar ötloqlar, savannalar va mopane daraxtlarini qamrab oladi. Mopane milliy boğning uşbu qismiga xos daraxtlardan biri bölib, fillar, jirafalar va qoplonlar yaşaydigan tabiiy muhitning muhim qismini taşkil etadi.

Bunday sunʼiy yöldoş tasvirlari olimlarga hududning tabiiy xususiyatlarini örganiş va vaqt ötişi bilan yuz berayotgan özgarişlarni kuzatiş imkonini beradi.