Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qurol töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 220-1-moddasiga qöşimça kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi.

2023 yilda içki işlar organlari xodimlari tomonidan 1072 dona noqonuniy (içki işlar organlari röyxatiga qöyilmagan) qurollar aniqlanib, 839 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 220-1-moddasi asosida javobgarlikka tortilgan.

2023 yilda pnevmatik qurollar bilan boğliq 5 ta noxuş holat sodir etilgan va buning oqibatida 4 nafar fuqaro jarohatlangan, 1 nafar fuqaro esa halok bölgan.

Amaldagi qonunçilikka köra fuqaro öz ixtiyori bilan pnevmatik qurolni olib kelib topşirsa ham uşbu qurol musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön beş baravaridan öttiz baravariga, mansabdor şaxslarga esa – yigirma beş baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab bölişi mumkin.

Jinoyat kodeksining 248-moddasida jamoat xavfsiziligi darajasi ança yuqoriroq bölgan öqotar qurolni öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs javobgarlikdan ozod qilinişi közda tutilgan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 220-1-moddasiga şaxsni özining qonunga xilof egaligida bölgan pnevmatik, signal beruvçi, tiğli sovuq, uloqtiriş quroli va özini özi himoya qiliş qurolini ixtiyoriy ravişda topşirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qiliş imkoniyatini nazarda tutuvçi qöşimça kiritilmoqda.

Muhokamadan söng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.